2023-yil 27-iyun kuni kelib chiqishi Magʻribiy jazoirlik 17 yoshli Nahel Merzouk (shuningdek, Naël deb ham ataladi) Parij chekkasidagi Nanterre hududida avtomashinada politsiya taʼqibidan keyingi toʻxtash chogʻida politsiya xodimi tomonidan otib oʻldirilgan edi. Rasmiylar Merzoukni otgan politsiyachini „hokimiyatdagi shaxsning oʻz ixtiyori bilan oʻldirishi“da gumon qilib hibsga oldi. Politsiya bayonotlari orqali maʼlum qilingan voqea haqidagi dastlabki rasmiy xabarlar keyinchalik internetda joylashtirilgan video bilan zid ekanligi keng koʻlamli norozilik va tartibsizliklarga sabab boʻldi. Shahar hokimiyatlari, maktablar va politsiya idoralari kabi davlat ramzlari boʻlgan idoralar, shuningdek, boshqa binolar ham hujumga uchradi. 1000 dan ziyod avtomobillar yoqib yuborilgan, 1000 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Qotillik Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari va zoʻravonliklar borasidagi keng jamoatchilik muhokamasining bir qismiga aylandi. Prezident Emmanuel Macron buni „kechirib boʻlmaydigan“ deb qoraladi.

Manbalar

Turkum:2023-yil voqealari