Darko Nikach (1990-yil 15-sentyabr; Podgoritsa, Yugoslaviya) — chernogoriyalik futbolchi, hujumchi.
Futbolchilik faoliyati Nikach 2009—10-yilgi mavsumda Podgoritsaning „Budućnost“ jamoasi tarkibida professional debyut qilgan. 2013-yilning yozida u „FC Wil 1900“ jamoasiga oʻtish uchun muzokaralar olib bordi Reprezentacija.me: Nikač blizu Vila 21 June 2013. 2014-yil fevral oyida „Strømsgodset IF Budućnost“ jamoasi Nikach bilan muzokaralar olib bordi Mitrović, Danilo. Vijesti: Nikač blizu Norveške 13 February 2014, lekin yakunda Nikach „Budućnostda“ jamoasi tarkibida qoldi.
Nikach 2014/15-yilgi mavsumda Hindistonning I-liga jamoasi Pune bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi birinchi golini „Bengaluru FC“ jamoasiga qarshi oʻyinda 9-daqiqada urdi. Keyin u „Shillong Lajong“ klubiga qarshi oʻyinda 5:2 hisobida gʻalaba qozondi. Mavsum oxiriga kelib Nikach Pune uchun 16 oʻyinda 5 ta gol urdi.
2015-yil 26-iyunda Nikach Hindistondagi bir mavsumdan soʻng „Buduchnost“ klubiga qaytgani eʼlon qilindi. Vijesti gazetasiga koʻra, Nikachning Budućnost bilan yangi shartnomasi olti oyga imzolagan boʻlishi mumkin, ammo tafsilotlar 2015-yil iyun oyida oshkor etilmagan. 2018-yilni O‘zbekiston Superligasining „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Mavsum soʻnggida „Navbahor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston Superligasida bronza medalini qoʻlga kiritdi va keyinchalik jamoani tark etdi. 2020-yilning 7-yanvarida Kosovaning „KF Gjilani“ klubi bilan shartnoma imzolandi.
Milliy terma jamoa Chernogoriya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan. 2013—2014-yillarda Chernogoriya terma jamoasi safida Lyuksemburg, Eron va Slovakiya terma jamoalariga qarshi uchta oʻyinda maydongga tushganPlayer’s profile , eu-football.info.
Yutuqlar
Chernogoriya chempionati (2): 2011/2012 , 2016/2017 Chernogoriya kubogi (1): 2012/2013
Manbalar
Havolalar
Soccerway.com saytidagi profil Futboldatabase.eu saytidagi profil Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:15-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Podgoritsada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbolchilar