Sergey Kazakov (1959-yil 23-noyabrda tugʻilgan) — sovet va turkman futbolchisi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyati Turkmenabat shahrining „Karakum“ jamoasida boshlagan. Jamoasi bilan asosan Turkmaniston SSR chempionatida ishtirok etgan. Professional darajadagi klublardagi faoliyatini Ribinskning Saturn klubida 1981-yilda boshlagan. Sergey Ribinsk jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi ligasi musoboqasida 9 ta uchrashuvda maydngga tushgan. 1984-yilda u Oʻzbekiston SSR Namangan viloyatining „Avtomobilist“ (Namangan) jamoasi bilan shartnoma imzoladi va u yerda bir necha mavsum muvaffaqiyatli toʻp surdi. 1989-yilgi mavsumni Namangan viloyatining boshqa bir jamoasi, Kosonsoyning „Kosonsoy“ klubi tarkibida boshladi. Kosonsoyliklar tarkibida musoboqaning birinchi davrasida 17 oʻyinda 3 ta gol urdi. Ikki davra avvalida Turkmanistonning Ahal jamoasi safiga oʻtdi. 1989—1992-yillarda „Ahal-SOP/Ahal“ klubi uchun SSSR Ikkinchi ligasi va Turkmaniston chempionatlarida toʻp surdi.
1992-yilda u Turkmaniston Yokari ligasida oʻynadi va Ahal jamoasi bilan bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda u Turkmanistonning boshqa bir jamoasi „Byuzmeyin“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda faoliyatini yakunladi.
Sergey faoliyati davomida asosan orqa chiziqda, yarim himoya va himoya pozitsiyalarida toʻp surganiga qaramay, aniq va kuchli zarbasi, jarima va burchak toʻplarini mohirona ijro etishi natijasida barcha jamoalarida 100 ga yaqin gol muallifiga aylangan.
Milliy terma jamoa 1992—1993-yillarda Turkmaniston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Yutuqlar
Turkmaniston chempionati kumush medali sovrindori: 1993
Turkmaniston chempionati bronza medali sovrindori: 1992
Statistika Mavsum Klub Liga Chempionat Oʻyin Gol 1981 Saturn (Ribinsk) Ikkinchi liga 9 0 1984 Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 36 11 1985 Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 26 5 1986 Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 35 13 1987 Avtomobilist (Namangan) Ikkinchi liga 36 13 1988 Navbahor Ikkinchi liga 36 3 1989 Kosonsoy Ikkinchi liga 17 3 1989 Ahal-SOP Ikkinchi liga 19 5 1990 Ahal Ikkinchi liga 36 10 1991 Ahal Ikkinchi liga 50 18 1992 Ahal Oliy liga ? ? 1993 Byuzmeyin Oliy liga ? ?
Manbalar
Havolalar
FootballFacts.ru FootballFacts.ru saytida futbolchi profili Transfermarkt Transfermarkt saytida futbolchi profili
Turkum:23-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:FK Rybinsk futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:FC Buzmeyin futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar