Vasiliy Borisovich Degtev (1967-yil 1-dekabrda tavallud topgan) — sovet va rossiyalik sobiq futbolchi. Yarim himoyachi, shuningdek, hujumchi pozitsiyalarida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati Vasiliy Faoliyatining asosiy qismini Oʻzbekiston jamoalarida toʻp surgan. SSSR chempionatilarida quyi ligalarning „Xorazm“ Yangiariq (1985-1986), „Selmashevets“ / „Chirchiq“ (1987-1989: FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki va 1990-yillar) Toshkentning „Paxtakor“ (1990-yil SSSR birinchi ligasida, 1991-yil SSSR oliy ligasining juftlik turnirida), Toʻraqoʻrgʻonning „Yoshlik“ (1991), Kosonsoyning „Kosonsayets“ (1991) jamoalarida toʻp surgan Faoliyatini dastlab Yangiariqning „Xonqa“ jamoasida boshlagan va jamoa bilan birgalikda SSSR ikkinchi ligasida toʻp surgan edi. Ikki mavsum davomida Xorazm jamoasida toʻp surgach, 1987-yil Chirchiqning „Selmashevets“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Chichiqliklar jamoasi safida dastlab Oʻzbekiston SSR chempionatida toʻp surgan boʻlsa, 1989-yil "Chirchiq" klubi SSSR ikkinchi ligasida toʻp surish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Chirchiq jamoasidan so‘ng bir qator kuchli jamoalar safida toʻp surdi. 1990-yil Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va SSSR birinchi ligasida 6 ta oʻyinda toʻp surdi.

1992-yilgi mavsumda Rossiy chempionatiga koʻchib oʻtdi. Rossiya chempionatining birinchi ligasida dastlab Saxalin viloyatining „Yujno-Saxalinsk“ (1992-yil), Chita viloyatining „Lokomotiv“ (1993—1994) klublarida oʻynadi. 1995-yili O‘zbekiston chempionati yangi yetishib kelayotgan yetakchi jamoalaridan biri "Politotdel" klubi tarkibida O‘zbekiston Oliy ligasida o‘ynadi. Keyinchalik u Rossiyada havaskorlar musoboqalarida „Spartak Yujno-Saxalinsk“ (1999), „Neftyanik Nogliki“ (2000—2001) klublarida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Footballfacts.ru saytida futbolchi profili

Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:1-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Yoshlik Toʻraqoʻrgʻon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:FC Portovik-Energiya Kholmsk futbolchilari Turkum:FC Chita futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari