Botirjon Mahmudov (1990-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik bokschi va murabbiy. U 69 kg vazn toifasida musobaqalarda qatnashgan va 2009-yil Milan shahrida oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati Mahmudov 2008-yilda Meksikaning Gvadalaxara shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medal sovrindori boʻlgan. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, u musobaqa davomida AQSH vakili Errol Spens va Germaniya vakili Sadulay Abdoulayeni magʻlub etib, finalda meksikalik Oskar Molina'ga yutqazgan.

2009-yilgi jahon chempionatida Mahmudov yarim finalgacha yetib bordi va yarim finalda germaniyalik Jack Culcayga yutqazib, bronza medal bilan kifoyalandi.

Murabbiylik faoliyati Botirjon Mahmudov sportchilik faoliyatidan soʻng murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 2014-yildan u Andijon olimpiya zaxiralari kollejida boks bo‘yicha murabbiy sifatida ish boshlagan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi tarkibiga ham kiritilgan.

Shogirtlari: Iqboljon Xoldorov- Jahon chempionati kumush medali sohibi (Gamburg-2017). Osiyo chempioni (Toshkent-2017). Osiyo o’yinlari oltin medali sohibi. (Indoneziya-2018)

Akmaljon Isroilov- Yoshlar o’rtasida Jahon chempioni (Budva-2024). Kattalar o’rtasida Jahon chempioni (World Boxing. Liverpul-2025). Ko’p karra Osiyo va O’zbekiston chempioni.

Halimjon Mamasoliyev – Yoshlar o’rtasida Jahon chempioni (Budva-2024). Jahon kubogi g’olibi (Nyu-Deli-2025). Osiyo chempioni va O’zbekiston chempioni.

Manbalar

Havolalar 2009-yilgi jahon chempionati natijalari Botirjon Makhmudov — BoxRec saytidagi profil

Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Andijon viloyatida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:AIBA boks boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar