Ilhom ZaylobiddinovTakje vstrechaetsya napisanie Zaylabitdinov, Zaylobiddinov (1975-yil 30-may) – qirgʻizistonlik futbolchi, himoyachi. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan. 1996-yilda Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Biografiyasi Ilhom Zaylobiddinov 1975-yilning 30-may sanasida Qirgʻizistonda tavallud topgan.
Klublardagi karyerasi Zaylabetdinov katta sportni 1992-yilda „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubida boshlagan boʻlib, ushbu klub tarkibida toʻrt mavsum davomida Qirgʻiziston chempionatida 80 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Mamlakat chempionatining kumush (1994) va bronza (1995) medallari sovrindori, Qirgʻiziston kubogi sohibi (1995) boʻlgan.
1996-yilda „Semetey“ ning bir qancha oʻyinchilari va klub murabbiyi bilan birgalikda „Metallurg“ (Qadamjoy) klubiga oʻtadi va ushbu klub tarkibida Qirgʻiziston chempioni va mamlakat kubogi finalchisiga aylanadi. Mavsum yakunida Zaylabetdinov Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etiladi.
Keyinchalik bir necha yil O'zbekiston quyi ligasida oʻyinlarini davom ettiradi. 2002-yilda Oʻzbekiston chempionati – Superliga bahslarida "Qoʻqon 1912" klubi tarkibida, keyingi yili esa "Sementchi" jamoalari safida toʻp suradi.
2005-yilda Zaylabetdinov Qirgʻizistonga qaytib keladi va u yerda „Jashtik-Ak-Altin“ jamoasida oʻynaydi, ikki karra milliy chempionatning bronza medali sovrindori va Qirgʻiziston kubogining ikki karra finalchisiga aylanadi. 2006-yilgi mavsum oʻyinlarida yana Oʻzbekistonning „Sementchi“ klubi safida birinchi liga bahslarida oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi.
Jamoaviy karyerasi 1996-yil 24-yanvarda Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan oʻyinda Zaylobiddinov Qirgʻiziston milliy terma jamoasida oʻzining debyut oʻyinini amalga oshiradi. Ikki kundan soʻng futbolchi Yamanga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushiriladi. Shundan keyin Zaylobiddinov terma jamoa safidagi futbolchilik faoliyatini toʻxtatadi.
Murabbiylik karyerasi Zaylobiddinov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Oʻzbekistonning „Sementchi“ jamoasi murabbiylar shtabida ish boshlaydi. 2018-yildan boshlab Fargʻonaning "Neftchi" klubida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy boʻlib faoliyat olib boradi.
2019-yildan boshlab Zaylobiddinov „Sementchi“ klubida faoliyatini davom ettiradi. Klubda C darajadagi murabbiylik litsenziyasiga ega Abdumalik Hakimov bilan birgalikda bosh murabbiy boʻlib xizmat qiladi. 2021-yilgi mavsumda Yaypanning „Turon“ jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi.
Shaxsiy hayot Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi himoyachisi Islom Qobilov Ilhom Zaylobiddinovning oʻgʻlidir.
Manbalar
Havolalar
Ilhom Zaylobiddinov FootballfactsRu Ilhom Zaylobiddinov transfermarkt
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:FC Shaxtyor Qizilqiya futbolchilari Turkum:FC Jashtik Aq-Oltin futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qirgʻizistonlik futbol murabbiylari turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Sementchi Quvasoy klubi murabbiylari Turkum:Qirgʻizistonda yilning eng yaxshi futbolchisi