To'lqin optikasida Cotton-Mouton effekti doimiy ko'ndalang magnit maydon mavjud bo'lganda suyuqlikdagi yorug'likning ikkilanib sinishidir . Bu Voigt effektiga o'xshash, ammo kuchliroq ta'sir (Voigt effektida muhit suyuqlik o'rniga gazdir). Mazkur effektning elektr analogi esa Kerr effektidir .

Effekt 1905-yilda o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritgan ikki olim Aimé Cotton va Henri Mouton tomonidan kashf etilgan va bu haqidagi maqola jurnalida chop etilgan.

Chiziqli qutblangan to'lqin magnit maydonga perpendikulyar ravishda tarqalsa (masalan, magnitlangan plazmada), u elliptik qutblanib qolishi mumkin. Chiziqli qutblangan to'lqin fazadagi X va O rejimlarining ba'zi kombinatsiyasi bo'lgani uchun, hamda, X va O to'lqinlari turli faza tezligida tarqalayotganligi sababli, paydo bo'lgan nur elliptik qutblangan bo'ladi. To'lqinlar tarqalishi bilan EX va EO o'rtasidagi fazalar farqi (δ) ortadi.

Shuningdek qarang

Kotton effekti

Manbalar

Turkum:Suyuqliklar Turkum:Optika