Nadjiye Femiyevna Ablayeva (Nadjiye Femi nomi bilan tanilgan; Margʻilonda tugʻilgan) — ukrainalik jurnalist. Qrim tatarlarining birinchi radiostansiyasi „Meydan FM“ tashkil etilgan paytdan boshlab u bosh muharrir boʻlgan. Hamda jurnalist Qrim muhandislik va pedagogika universiteti oʻqituvchisi hamdir.
Hayoti Nadjiye Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida, deportatsiya qilingan qrim-tatarlar oilasida tugʻilgan. 1980-yillarning oxirida uning oilasi Qrimga qaytib, Boqchasaroyga joylashdi. U „Arab filologi“ mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega. Soʻngra, qrim-tatar tilini o‘rgandi va jurnalist sifatida ish boshladi. U „Trans-M-Radio“ radiostansiyasida ishlagan.
2005-yilda u birinchi qrim-tatar radiostansiyasi Meydan FM bosh muharriri boʻldi. Keyinchalik Nadjiye bosh muharrir ishini ATR telekanalidagi boshlovchining ishi bilan birlashtirdi, u yerda „Meslekdesh“ dasturiga mas’ul edi. Shuningdek, Nadjiye Sportchi Rustem Kazakov haqidagi film muallifi.
Nadjiye Ablayeva 2016-yilda Qrim muhandislik-pedagogika universitetining jurnalistika fakultetida dars berishni boshladi.
2017-yil sentyabr oyida u Qrimda „Canlı Radio“ („Jonli radio“) radiostansiyasini asos solgan, uning efiri madaniyat va uni yuksaltirishga bagʻishlangan.
U Crimantatars veb-saytining koordinatori edi. Qrim tatarlarining maktublarini nashr etuvchi „Mektupler“ (Maktublar) loyihasining hammuallifi. Oleksa Gaivoronskiyning nashrlarini oʻz ichiga olgan „Qrim mamlakati“ kitobini yaratish tashabbuskori. Nadjiye 2021-yil noyabr oyida chiqqan „Qrim tatarlari milliy harakati tarixi“ multfilmining ssenariy muallifi va prodyuseridir.
2007-yilda u „Milli Haq“ saylov blokidan Qrim-tatar xalqi Qurultoy delegatligiga nomzod boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Nadjiye oila qurgan va uning bir qizi Safiye bor.
Manbalar
Havolalar
Naji Femi Turkum:Margʻilonda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha jurnalistlar Turkum:Kishilar Turkum:Ukrainalik ayol jurnalistlar