İlmi Rustem oğlu Ümerov (; ; 1957-yil 3-avgust) — 2015-yildan beri Qrimtatar xalq majlisida deputat sifatida faoliyat yuritayotgan ukrain-qrimtatar siyosatchi. U 2002 — 2005-yillarda Qrimtatar oliy kengashi raisining oʻrinbosari, 2005 — 2014-yillarda Boqchasaroy munisipaliteti maʼmuriyati (administratsiya) boshligʻi va 1994 — 1997-yillarda Qrim bosh vazirining oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Hayoti va faoliyati İlmi Rustem oğlu Ümerov 1957-yilning 3-avgust kuni Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi Oxunboboyev sovxozida tugʻilgan. 1980-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining tibbiyot ishi fakultetini bitirgan. Keyingi 8 yilda tibbiyot sohasida faoliyat yuritgan; 1980 — 1981-yillarda Fargʻonadagi tugʻruqxonada va 1981—1984-yillarda Margʻilondagi shifoxonada akusher-genikolog vazifasini oʻtagan. 1984—1986-yillarda Margʻilon ipakchilik kombinatining tibbiyot punktida va 1986-yildan 1988-yilgacha Krimsk tumani markaziy shifoxonasida anesteziolog vazifasini bajargan.
1888-yilda Ümerov Qrimtatar xalqi quvgʻin qilinishidan oldin oilasi yashagan Boqchasaroyga koʻchib oʻtgan. Elmaz VATning direktori boʻlishdan oldin 1990 – 1992-yillar oraligʻida Boqchasaroydagi Dosluk koperativida muhandislik qilgan. Almaz VATda 1994-yilgacha direktor sifatida faoliyat yuritgan.
Siyosiy faoliyati 1989-yilda İlmi Ümerov OKND ()ga asos soldi. 2 yildan keyin u Qrimtatar Xalq Majlisiga aʻzo boʻldi. 1991 — 1994-yillarda Boqchasaroy Hududiy Majlisiga raislik qilgan. 1994-yilda u Qrim Oliy Radasining deputati etib saylangan, biroq oʻsha yilning oktyabr oyida u oʻz lavozimini tark etdi va Qrim Bosh vaziri oʻrinbosari boʻldi. Bu lavozimda 1997-yilgacha ishlagan. Keyinchalik, 1998-yilda Boqchasaroy Hududiy Majlisidagi raislik lavozimiga qaytgan va 2002-yilgacha faoliyat yuritgan.
Manbalar
Turkum:Kishilar Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar