Najmiddin Jalolov (; Nadjmuddin Kamolitdinovich Djalolov; Abu Yahyo Muhammad Fotih; 1972-yil 1-aprel – 2009-yil 14-sentyabr) – Markaziy Osiyoda faoliyat olib boruvchi „Al-Qoida“ bilan bogʻliq „Jamoat al-Jihod al-Islomiy“ jangari tashkiloti rahbari. Ushbu guruh Rossiya va Gʻarbiy Yevropada ham oʻz hujumlarini uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan.
Yoshlik davri Najmiddin Jalolov Oʻzbekiston SSRning Andijon viloyati Xartum shahrida tavallud topgan. Al-Qoida lagerlarida minalar va portlovchi moddalar bilan ishlashda tayyorgarlikdan oʻtgan. Shuningdek, „Tolibon“ tomonidan Afgʻoniston va Pokistonda olib borilgan operatsiyalarda ham ishtirok etgan.
Terrorchilik faoliyati Najmiddin Jalolov „Al-Qoida“ga aloqador Oʻzbekiston islomiy harakatining (OʻIH) sobiq aʼzosi boʻlgan. 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan sirtdan (jinoyat ishi koʻrilayotgan paytda ayblanuvchi shaxs sudda boʻlmaydi) terrorchilikda aybdor deb topilganCentral Asiaʼs Security: Issues and Implications for U. S. Interests CRS Report for Congress. Jalolov 2000-yillarda Oʻzbekiston islomiy harakatini tark etgan va Islomiy Jihod Ittifoqida qatnashgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Moliya vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Najmiddin Jalolov 2007-yilning sentyabr oyida Germaniyaning bir nechta hududlariga hujum uyushtirish rejasida guruh rahbari hisoblangan. 2006-yilda Markaziy Osiyodagi terroristik nishonlarni, xususan, gʻarbdan tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat koʻrsatadigan mehmonxonalarni yoʻq qilish ishlariga rahbarlik qilgan.
Najmiddin Jalolov „Tolibon“ yetakchisi Muhammad Umar, uygʻur jangarisi Abu Muhammad va „Al-Qoida“ yetakchisi Usoma bin Lodin bilan bogʻlangan. Shuningdek, 2004-yilda esa Toshkentdagi AQSh hamda Isroil elchixonasiga hujum uyushtirish uchun buyruq bergan.
Oʻlimi Jalolov 2009-yil 14-sentyabrda Pokistonda AQShning Predator dron hujumi natijasida oʻldirilgan.
Manbalar
Turkum:Markaziy Osiyoda terrorizm Turkum:Oʻzbek Al-Qoida aʼzolari