Dehqonboy Abduqayumov (1893-yili tavallud topgan – 1938-yil vafot etgan) – 1928-yil 13-fevralda partiyaga aʼzo boʻlgan. 2-yogʻ zavodida formovshik, Qoʻqon shahar soveti raisi, Qoʻqon shahar kasaba sovetining raisi, Moskvada Butun Ittifoq Markaziy kasaba soyuz soveti syezdiga delegat, OʻzSSR Markaziy Ijroiya komiteti aʼzosi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Qoʻqon shahar partiya komiteti aʼzosi. 2-son yogʻ zavodida zarbdor mehnati uchun „Mehnat Bayrogʻi“ ordeni sohibi.

Hayoti va taʼlimi Dehqonboy Abduqayumov 1893-yil Qoʻqon shahrida oʻrta oilada tugʻilgan. Millati oʻzbek, otasi 1920-yili vafot etgan, ijtimoiy ahvoli – ishchi. Dastlab savodsizlikni tugatish maktabida, keyin Qoʻqon shahridagi kechki kommunistik partiya siyosiy maktabida oʻqigan. Oilada 4 nafar kishi boʻlgan. Dehqonboy Abduqayumov Qoʻqon shahri, Sexyor koʻchasi, 5-uyda yashagan. Shaxsiy varaqasi 1937-yil 21-mayda toʻldirilganOʻzR PDA, 58-fond, 65-roʻyxat, 5-ish, 94-95-varaqlar.. SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 14-oktyabrdagi yigʻilishida Dehqonboy Abduqayumov otuvga hukm etilgan, hukm oʻsha kuni ijro etilganRF FXXMA, 7-fond, 1-roʻyxat, 10-ish, 538-varaq..

Faoliyati Mehnat faoliyati 1904-yili etikdoʻz ustada shogirdlikdan boshlangan, 1909-yildan 1916-yilgacha Isaqjonov ismli boy uyida ishchi boʻlib ishlagan.

1916—1933-yillarda 2-yogʻ zavodida formovshik, 1933—1934-yillarda Qoʻqon shahar soveti raisi, 1934-yil 1-aprelidan Qoʻqon shahar kasaba sovetining raisi boʻlib xizmat qilgan.

1930-yili Moskvada Butun Ittifoq Markaziy kasaba soyuz soveti s’ezdiga delegat boʻlgan, OʻzSSR Markaziy Ijroiya komitetiga aʼzo, 1933-yil Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga, 1932,1934,1937-yillarda Qoʻqon shahar partiya komitetiga aʼzo qilib saylangan. 1932-yili OʻzSSR Markaziy Ijroiya komiteti 2-son yogʻ zavodida zarbdor mehnati uchun „Mehnat Bayrogʻi“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1893-yilda tugʻilganlar Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoʻqon shahar qoʻmitasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzolari Turkum:Turkiston ASSR Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar