Sobitxon Turgʻunov Toshpoʻlatovich – 1965-yil 19-martda Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlogʻida tugʻilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.

Faoliyati

1986—1991-yillar— Namangan viloyati Chortoq tumani 3-maktab oʻqituvchisi;

1991—1992-yillar— Namangan davlat pedagogika universiteti (hozirgi NamDU) Umumtexnika kafedrasi oʻqituvchisi;

1992—1993-yillar— Moskva davlat pedagogika universiteti stajyor-tadqiqotchisi;

1993—1998-yillar— Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi;

1998—2001-yillar— Namangan muhandislik-pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, kafedra mudiri, fakultet dekani;

2001—2005-yillar— Namangan viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori;

2005—2010-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi;

2010—2011-yillar— Namangan muhandislik-pedagogika instituti „Pedagogika va pedagogik texnologiyalar“ kafedrasi mudiri;

2011—2012-yillar— T. N. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori;

2012—2015-yillar— Namangan viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi;

2015—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi;

2017—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri;

2017—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari;

2017—2020-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari;

2020—2025-yillar – Namangan davlat universiteti rektori..

Manbalar

Turkum:Deputatlar Turkum:Professorlar Turkum:Namangan viloyati kishilari