Anatoliy Vladimirovich Vlasichev (1988-yil 14-iyunda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik professional futbolchi, Qoʻchqorotaning „Neftchi“ jamoasi aʼzosi. Faoliaytini hujumchi sifatida boshlagan va keyinchalik asosan yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Faoliyati

Klub karerasi Jizzaxdagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Anatoliy professional faoliyatini 16 yoshida Oʻshning „Alay“ klubida boshlagan. Toʻrt yil davomida Alay jamoasi toʻp surgan. Keyinchalik „Neftchi“ (Qoʻchqor-Ota) jamoasida oʻynagan, 2009-yilda esa Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ (Toshkent) klubining farm-klubi tarkibida oʻynagan.. 2010-yilgi mavsumda „Dordoy“ (Norin/Bishkek) jamoasida oʻynab, Qirgʻiziston chempioni boʻlgan.

2012-yilgi mavsumdan boshlab uch yil davomida Qozogʻiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Lashin“, „Spartak“ (Semey), „Oqjetpes“ klublarida toʻp surgan.

2015-yilda u Qirgʻizistonga qaytib kelgan va „Alay“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Anatoliy Alay jamoa sardori sifatida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2016—2017-yillarda „Dordoy“ jamoasida oʻynagan. 2016-yilning sentyabrida Ummonning „Ummon“ klubiga, 2017-yilning iyulida esa Qozogʻiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Maktaaral“ klublarida qisqa muddat faoliyat olib borgan.

2018-yilda Maldivning „T. TO. Sport“ klubi safiga oʻtgan. Anatoliy Bangladesh jamoasi safida OFK kubogida uchta gol urgan.

Terma Jamoa faoliyati 2011-yilning 21-mart kuni Qirgʻiziston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini Tojikistonga qarshi oʻtkazgan. Umuman olganda, 2011—2014-yillarda Anatoliy milliy terma jamoa safida 13 ta oʻyin oʻtkazgan.

Shaxsiy hayot Otasi Vladimir Anatolyevich (1955-yilda tugʻilgan) va akasi Andrey (1981-yilda tugʻilgan) sobiq futbolchi, keyinchalik murabbiylik faoliyatini olib borishgan.

Manbalar

Havolalar

Anatoliy Vlasichev Transfermarkt saytida

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:14-iyunda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Lokomotiv BFK futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:FC Lashin futbolchilari Turkum:FC Yelimay futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:FC Maktaaral futbolchilari Turkum:TS Sports Club futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:United Victory futbolchilari Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:FC Muras United futbolchilari