Akbarobod tabiat yodgorligi — Farg‘ona viloyatining Quva tumani hududida joylashgan. Joylashuvi Tabiiiy yodgorlik Quva tumanining „M.Sherboʻtayev“, „A.Navoiy“ va „Dehonobod“ nomli massivlar bilan chegaralangan boʻlib, jami ni tashkil etgan. Hudud dengiz sathidan 427 metr balandlikda joylashgan boʻlib, bugungi kundagi yer maydoni ni tashkil etadi. Tashkil etilishi Quva tumani hokimining 2003-yil 14-maydagi 388-sonli „Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berish toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan, qumliklarga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan. Ushbu tabiat yodgorlikka pasport ishlab chiqilib, Quva tuman hokimligi, hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, yuqoridagi Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda.
Tashkil etishdan maqsad-tabiiy qum barxanlarini saqlab qolishdan iborat. Oʻsimliklar qoplamasi Tabiiy yodgorlikda yarim butalarning 5-6 turi, ko‘p yillik o‘tlarning 7-8 turi, bir yillik va ikki yillik oʻsimliklar ham oʻsadi. Foydalanilishi Tabiat yodgorligi atrofidagi yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun oʻzlashtirilgan va baliqchilik havzalari tashkil etilgan.
Yana qarang Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar