(Abu Bakr) Muhammad ibn Ahmad ibn Bishr al-Xaraqiy, al-Marvaziy, al-Hanafiy (hijriy 469-yil (milodiy 1077-yil)da tavallud topib, hijriy 533-yil (milodiy 1139-yil) Marvda vafot etgan) — fozil faqih, mutakallim, falakiyotshunos, riyoziyotchi, usul ilmini yaxshi biluvchi olim boʻlgan. Bir muddat Nishopurda istiqomat qilgan. Bu ikkala joy ham Xuroson viloyatiga qarashlidir.

Asarlari „ar-Risola ash-shomila fi-l-hisobot“ („Hisob-kitob haqidagi qomusiy risola“); „Muntahiyu-l-idrok fi ilmi-l aflok“ („Falaklar ilmi xususidagi idrok etilgan fikrlarning yakuniy xulosasi“).

Manbalar