Yangwang U8 — xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlmish BYD Auto kompaniyasiga qarashli Yangvang subbrendi ostida ishlab chiqariluvchi yoʻltanlamas. Avtomobil 2023-yilning 18-aprel sanasida Shanxay avtosalonida taqdim etilgan.
Taqdimot
Ushbu avtomobil 2023-yil aprel oyida taqdim qilingan.
TK
thumb|240px|Shanxay avtosaloni thumb|240px|Shanxay avtosaloni Yangi SUVga qoʻshimcha ravishda Yangvang brendi yangi „Yisifang“ texnologiyasini ham taqdim etdi. Ushbu texnologiya Yangwang U8da birinchi marta qoʻllangan va kelajakda brendning boshqa avtomobillarda ham qoʻllanadi.
Texnologiya har bir gʻildirakda oʻrnatilgan toʻrtta mustaqil motorni oʻz ichiga oladi, ular avtomobilni bir joyda 360 daraja burilish imkonini beradi. Ushbu texnologiya bitta gʻildirak shikastlanganda avtomobil ustidan nazoratni saqlab qolish imkonini beradi. Ishlab chiquvchilarning fikriga koʻra, yangi elektron boshqariladigan toʻliq gʻildirakli boshaaruv tizimi anʼanaviy toʻliq gʻildirakli boshaaruv tizimidan 100 barobar tezroq ishlaydi.
Sovgʻa
2024-yil 25-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi. Ushbu tashrif vaqtida BYD kompaniyasi Oʻzbekistonga 10 000 chi avtomobilini yetkazib berganining ramzi sifatida Van Chuanfu tomonidan Mirziyoyevga Yangwang U8 avtomobili hadya qilindi.
Manbalar
Turkum:Xitoy avtomobillari