Abdulaziz Oʻrolboyevich Aqqulov — oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi.

Biografiya Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2005-yilda bakalavr, 2007-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

2005—2006-yillarda „O‘zstandart“ agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti mutaxassisi.

2006—2011-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi „Tur servis standart“ Davlat unitar korxonasi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, korxona direktori.

2011—2017-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i.

2017—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.

2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

2018-yil noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.

2019—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.

2020—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari.

2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi. 23-sentabr kuni ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari