Muhammad ibn Umar ibn Muhammad al-Buxoriy an-Nujoboziy (hijriy 616-yil (milodiy 1219-yil)da tavallud topib, hijriy 668-yil (milodiy 1270-yil)da vafot etgan) — usul al-fiqh faqihi bo‘lgan. Bag‘dodda yashagan, Mustansiriya amirligining voliysi bo‘lgan. Damashqqa safar qilgan.
Asarlari „Talxisu-l-Quduriy fi furuʼi-l-fiqhi-l-hanafiy“ („Hanafiy mazhabi furuʼal-fiqhiga oid Quduriyning muxtasari“); „Kashfu-l-ibhom li rafʼi-l-avhom“ („Shubhalarni ko‘tarish uchun noaniq narsalarning fosh etilishi“); „Kashfu-l-asror fi usuli-l fiqh“ („Usul al-fiqhda sirlarning ochilishi“).
Manbalar