(Abul Fath) Muhammad ibn Saʼd ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ad-Dibojiy al-Marvaziy (hijriy 517-yil (milodiy 1123-yil)da tavallud topib, 609-hijriy yil (milodiy 1213-yil)da vafot etgan) — adib va nahvchi bo‘lgan, turli ilm sohalarida ijod qilgan.
Asarlari „Sharhu-l-mufassal li-z-Zamaxshariy“ („Zamaxshariyning mufassaliga sharh“) — u „al-Muhassal“ („Mag‘z“) deb ham yuritiladi; „Sharhu-l-inmuzajli-z-Zamaxshariy“ („Zamaxshariyning inmuzajiga sharh“) — ushbu ikkala asar ham grammatikaga oid; „Manofiʼaʼzoi-l-hayvon“ („Hayvon aʼzolarining foydalari“); „Qonunu-s-Salohiyfi adviyati-n-navohiy“ („Salohiyning turli mintaqalarga oid dorilar qonun kitobi“); „Fulku-l-adab“ („Adab kemasi“); „Hadoiqu-d-daqoiqfi sharhi risolati alomati-l-haqoiq“ („Haqiqatlar alomatlari risolasi sharhidagi nozik masalalar bo‘stoni“).
Manbalar