Mavlono Majnuniy (XV–XVI asr) – balxlik turkigoʻy shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning bechorahol kishi ekani, roʻzgʻorini yagona hunari – xattotlik bilan tebratishi, Xoja Ukosha qabristonida sokin – goʻyo koʻngil daftarida bitilgan oʻy-xayollarni sheʼrga koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Mohi tobonim isitti, qildi bagʻrimni kabob,

Oy edi, emdi harorattin boʻlubtur oftob.

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik