Qatortol-1 mahallasi (Qatortol koʻchasi, 6-a uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Bogʻzor, Oq-tepa, Beshchinor, Dilobod, Nafosat, Lutfiy mahallalari bilan chegaradosh. Mahallaga 1959-yil asos solingan. Dastlab Qurilish mahallasi deb yuritilgan. 1992-yil hozirgi nomni olgan. Aholisi 1 760 kishi, asosan, oʻzbeklar, boshqa millat vakillari ham bor. Mahalla hududida 37-oilaviy poliknika, „Qatortol“ savdo markazi, „Nazokat“ restorani, 4 ta dorixona, 10 tadan ortiq korxona va tashkilotlar mavjud.
Manbalar
Turkum:Chilonzor tumanidagi mahallalar