Muhammad ibn Ali al-Koshg‘ariy' (Muvazzaʼ sohilida hijriy 705-yil (milodiy 1306-yil)da vafot etgan) — faqih, mufassir, sufiy, voiz, lug‘atshunos va nahvshunos olim bo‘lgan. Makkada yashagan, so‘ngra Yamanga kelib, bir muddat Taʼizda turgan.
Asarlari „Majmaʼu-l-g‘aroib va manbaʼu-l-ajoib“ („G‘aroyib narsalarning to‘plami va ajoyib narsalarning manbai“, to‘rt jildli); „Toju-s-saodat“ („Baxt-saodat toji“); hanafiy furuʼ fiqhiga oid „G‘unyatu-l-mubtadiy“ („Boshlovchiga kifoya kitob“); ilm istagan tolibi ilmlarga atab yozgan „Tilbatu-t-talaba“ („Toliblarga zarur kitob“); Ibn al-Asir al-Javziy (vafoti: 630-hijriy yil) nomi bilan mashhur bo‘lgan shayx Izzuddin Ali ibn Muhammadning „Asadu-l-g‘ubba fi maʼrifati-s-sahoba“ („Sahobalar haqidagi bilimlardan bir shingil''“) kitobi — 128 ning muxtasar va xulosasi, unda 7500 tarjima zikr etilgan.
Manbalar