Mavlono Vidoiy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan balxlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning jun chakmon kiyib yurishi haqida aytib, ilmi yoʻq, ammo latif tabʼi bor edi, deb yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Dilo, natvon harifi ahli taqvi
jovidon budan,
Bari durdikashon ham chand
roʻze metavon budan.
(Mazmuni: Ey dil, taqvo ahli bilan hamisha ulfat boʻlish ham maqbul emas. May quyqasini yalaganlar bilan ham bir muddat hamsuhbat boʻlgil).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik