Alimkent mahallasi (Aviasozlar 1-tor koʻchasi 22a-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Koʻksaroy, Yashnobod, Maxmur mahallalari bilan chegaradosh. 1991-yil tashkil topgan va Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. Aholisi 4 880 kishi, koʻp millatli. Mahalla hududi 37 ta koʻp qavatli uylardan tashkil topgan. Mahallada 2 ta bolalar bogʻchasi, bozorcha mavjud.

Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Alimkent deb oʻzgartirilgan.

Manbalar

Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar