Eron Milliy banki (, Bânk-e Melli-ye Irân) – Eronning birinchi milliy va tijorat chakana banki. 2016-yil holatida, 364 657 mlrd rial daromadi bilan Eronning eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. Bank islom dunyosi va Yaqin Sharqdagi eng yirik bankdir. 2016-yil yakuni holatiga koʻra, Eron Milliy banki 76,6 milliard dollarlik sof aktivga va 3 328 ta bank filiallarining keng tarmogʻiga egalik qiladi. Shuning uchun aktivlar hajmi boʻyicha Eronning eng yirik banki sanaladi. Bank brendi 2013-yilda oʻtkazilgan 10-milliy Eron qahramonlari chempionatida 100 ta eng yaxshi Eron brendlaridan biri sifatida tan olingan. Milliy bankning mamlakat ichida 3328 ta ishlab turgan filiali, mamlakat tashqarisida esa 14 ta faol filiali, 4 ta substansiyasi, 180 ta vakolatxonasi mavjud. Bankning birinchi boshqaruvchi direktori germaniyalik boʻlgan. Shuningdek, 1948-yilda Germaniyaning Gamburg shahrida bankning birinchi xorijiy filiali ochilgan.

Tarixi Yangi bank tashkil etish taklifi bilan ilk marotaba Aminol-Zarb nomi bilan tanilgan Tehronning yirik sarmoyadorlaridan biri Hoji Muhammad Hasan Amin Dar az-Zarb 1879-yilda, Shahanshoh bank tashkil etilishidan oʻn yil oldin Nosiriddinshohga chiqqan. Lekin bu taklif Eron ustidan nazorat qilayotgan davlatlar va ularning agentlari aralashuvi bilan qabul qilinmaydi va oʻrniga Shahanshoh bank tashkil etiladi. Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin, hukumat Milliy Majlisga tashqi qarz olishga ruxsat berganida, avvalgi kreditlar va xorijiy banklarning xatti-harakatlaridan ranjigan milliy tuygʻular junbushga keladi. Natijada deputatlar tashqi qarz olishga qarshi chiqqan holda mazkur banklarning siyosiy va iqtisodiy taʼsirini cheklash, gʻazna moliyasini tiklash maqsadida Milliy bank tashkil etishni talab qiladi. Bir guruh savdogarlar bankda ishtirok etish majburiyatini oladi. Shu tariqa 1906-yil dekabrda Eronda milliy kredit bankini tashkil etishga boʻlgan umumiy his-tuygʻularni va xalqning qiziqishini koʻrsatuvchi bayonot chop etiladi. thumb| Erondagi Islom inqilobidan oldin (oʻngda) va keyin (chapda) Eron Milliy banki logotiplari thumb| Eron Milliy banki. 1928-yildagi surat 1906-yil 23-noyabrda Milliy Majlisda Muzaffariddinshoh davridagi moliya vaziri Mirzo Abulqosim Nosir al-Malik ishtirok etadi. U mamlakat moliyaviy inqiroz holatida ekanligini ma'lum qiladi. Vazir bu muammoni hal qilish uchun hukumatning Yevropa davlatlaridan kredit olishini taklif qiladi, biroq deputatlar ushbu fikrga keskin qarshi chiqadi. Shundan soʻng, 9-dekabr kuni deputatlar mamlakatga foyda keltiruvchi, xalq omonatlari bilan mamlakat va xalq manfaatlari yoʻlida faoliyat olib boradigan bank tashkil etishga kelishib oladi.

Boshqa tomondan, siyosiy vaziyatning keskin oʻzgarishi, 1907-yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasidagi kelishuv va Eronning boʻlinishi, shuningdek, Birinchi jahon urushining boshlanishi va Eronga bosqinchi qoʻshinlarning kirishi Milliy bankni shakllantirishga qaratilgan hamma saʼy-harakatlarni oʻzgartirib yuboradi. Nihoyat, Birinchi jahon urushi tugashi va bosqinchilarning Erondan chiqib ketishi tufayli 1927-yil 14-mayda parlament Eron Milliy bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qiladi. Bank nizomi 1928-yil 14-iyulda parlamentning Moliya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Milliy bankning birinchi bosh direktori va uning vitse-prezidenti Fogel 70 nafar mutaxassis bilan birga Germaniyadan keladi. right|thumb| 1976/7-yillarda Milliy bank tomonidan Pahlaviylar sulolasining Oltin yubileyi munosabati bilan chiqarilgan esdalik oltin medali Bank nizomiga koʻra, Eron Milliy banki yuridik shaxs shaklidagi aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Bank tijorat qonunlari asosida faoliyat yuritadi. Bankning ustav kapitali 20 million rial etib belgilangan, biroq uning 8 million riali toʻlangan. 1935-yilda bank kapitali 300 million rialga yetadi va 1952-yilda 2 milliard rialga koʻtariladi. 2016-yil holatiga bank kapitali 187 trillion rialni tashkil qiladi.

Oʻsha paytda Eronda bank mutaxassislari yoʻqligi tufayli, qonun bank maʼmuriyatiga Shveysariya yoki Germaniya fuqarolarini jalb qilishga ruxsat bergan. Ochilish kuni bank xodimlari soni, eronlik va germaniyaliklarni qoʻshib hisoblaganda, 27 nafardan oshmagan. Hozirgi kunda Eron Milliy banki xodimlari soni 45 ming kishidan ortiqni tashkil qiladi. thumb| Eron Milliy banki tashkil etilishining 50 yilligi sharafiga chiqarilgan esdalik oltin medali Bank tashkil etilgan vaqtda, markaziy filialdan tashqari, qoʻshimcha ikkita mahalliy filial ham ochilgan, biri Tehron bozorida, ikkinchisi esa mamlakatning eng muhim savdo porti Bandari Bushehrda. Bankning xorijdagi birinchi rasmiy filiali 1948-yilda Germaniyaning Gamburg shahrida ochilgan. 1931-yil 22-martda Milliy Majlis tomonidan Milliy bank banknotlarni emissiya qilish huquqi tasdiqlandi. Huquq keyinchalik oʻz-oʻzidan uzaytirish imkoniyati bilan rasman 10 yilga berildi. 1932-yil aprel oyida Milliy bankning birinchi banknoti muomalaga chiqarildi.

Jamgʻarma fondi: Eron Milliy bankining jamgʻarma fondi 1939-yilda odamlarni pulni tejashga undash toʻgʻrisidagi qonun asosida tashkil etilgan.

Islom inqilobidan keyin Islom inqilobidan keyin bank va moliya sohasida shariat qonunlariga moslashish maqsadida bank tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi. 1984-yil yangi qonun qabul qilindi. Hozirda oʻzining mamlakat ichkarisidagi 3328 ta ishlab turgan filiali, mamlakat tashqarisidagi esa 14 ta faol filiali, 4 ta substansiyasi, 180 ta vakolatxonasi bilan bank Erondagi eng kuchli moliya muassasalaridan biriga aylangan.

20 riallik pahlaviy tanganing ikkita surati bor edi: bir tomonida Rizoshoh Pahlaviyning surati va Rizoshohning soʻzlari bor edi: Milliy bankni tashkil etish xalqimning uzoq yillik orzularidan biri edi, ikkinchi tomonida Muhammad Rizo Pahlaviyning rasmi uning quyidagi soʻzlari bilan berilgan: Eron Milliy bankining tashkil etilishi Eron mustaqilligining haqiqiy asoslaridan biri edi.

Raislari

Kurt Lindenblatt, 1928-yil sentyabr – 1932-yil sentyabr  Albert Shnayder, 1932-yil sentyabr – 1933-yil aprel Husayn Ala, 1933-yil aprel – 1934-yil mart Rizoquli Amir Xusraviy, 1934-yil mart – 1939-yil noyabr Muhamad Ali Farzin, 1939-yil noyabr – 1941-yil oktyabr Husayn Ala, 1941-yil oktyabr – 1942-yil dekabr Abul Hasan Ebtehaj, 1942-yil dekabr – 1950-yil iyul Ibrohim Zand, 1950-yil iyul – 1951-yil sentyabr  Ali Asgʻar Nosir, 1951-yil sentyabr – 1952-yil iyul Muhammad Nassiri, 1952-yil iyul – 1953-yil avgust Ali Asgʻar Nosir, 1953-yil sentyabr – 1957-yil aprel Ibrohim Koshani, 1957-yil aprel – 1960

(Manba: )

Milliy bank muzeyi 2017-yil 21-iyul kuni Eron Milliy banki muzeyi mamlakat birinchi vitse-prezidenti Isʼhoq Jahongiriy ishtirokida ochildi. Muzey jamgʻarma fondi binosida nafis sanʼat asarlari, xususan, Eronning turli tarixiy davrlariga oid bank xazinalari toʻplami bilan ochildi. Milliy bankda Ahamoniylar, Sosoniylar davriga oid qadimiy buyumlar va qimmatbaho sanʼat asarlari, jumladan, nafis rasmlar, chiziqlar, gilamlar va koʻrpalar mavjud. Milliy bank muzeyini tashkil qilishdan maqsad qadimgi va tarixiy bank vositalarini, shuningdek, Milliy bank faoliyati davomida turli mamlakatlardan kelgan sovgʻalarni namoyish etish hisoblanadi. Milliy bank jamgʻarmasi binosi 1928-yilda Tehronning Firdavsiy koʻchasida qurilgan; 2000-yil 20-dekabrda 2930-son bilan Eron milliy asarlari toifasida roʻyxatga olingan. Ushbu binoni loyihalashtirgan nemis meʼmori X.Geynrix Ahamoniylar davridagi binolar hamda Eron va Yevropa meʼmorchiligi uygʻunligidan ilhomlangan. Ushbu muzeyda bankning tarixiy sovgʻalari, ofis jihozlari va banknot chop etish mashinasi, qadimiy rasmlar, tangalar, eski banknotlar va tantanali bank buyumlari keng ommaga namoyish etiladi.

Banknotlarni chop etish Milliy Majlis 1931-yil 22-mart kuni Milliy bankka 10 yil muddatga banknotlar emissiya qilish huquqini berdi. Shuningdek, ushbu muddat tugagandan soʻng, agar bu huquq bekor qilinmasa, keyingi oʻn yil davomida amal qilishi belgilandi.

Nihoyat, birinchi milliy banknotlar 1932-yil 1-aprelda muomalaga chiqarildi. Shahanshoh bank va Eron Milliy banki tomonidan chiqarilgan banknotlar uch oygacha teng qiymatda muomalada boʻlgan. Shu yilning iyulidan keyin Milliy bank banknotlari mamlakatdagi yagona qogʻoz pulga aylandi.

1960-yilga kelib, Milliy bank oʻzining iqtisodiy ehtiyojlari uchun banknotlarni chiqardi. Biroq, oʻsha yili Eronda Markaziy bank tashkil etilgandan soʻng, banknotlarni chiqarish boʻyicha mutlaq huquq ushbu bankka oʻtkazildi va bu hali ham davom etmoqda.

Kapitali Eron Milliy banki tashkil topganidan buyon ochiq aksiyadorlik kompaniyasi edi; uning boshlangʻich kapitali 20 million rial edi. Boshlangʻich kapital 20 ming dona aksiyaga boʻlingan (13 500 ta aksiya nomi yozilgan va 6 500 tasi anonim aksiya). Biroq, 1938-yilda bank aksiyalarini nodavlat aksiyadorlarga oʻtkazish taqiqlandi. 1935-yilda Milliy bank kapitali 300 million rialga yetdi va 1952-yilda 2 millard rialgacha koʻpaydi.

Eronda bank tizimi cheklanganligi tufayli 1956-yilgacha Milliy bank mamlakat iqtisodiyotidagi Markaziy bankning barcha vazifalarini bajargan. Eron Markaziy banki tashkil etilgandan keyin bank regulyatorligi vazifasi bu bank zimmasiga yuklatilgan. 2017-yil iyun oyida oxirgi marta roʻyxatdan oʻtkazilganda Milliy bankning ustav kapitali 198 trillion 565 milliard 600 million rialni tashkil qilgan.

Ijtimoiy mas’uliyati Milliy bankning ijtimoiy yoʻnalishdagi mas’uliyati har doim tashkiliy va kadrlar nuqtai nazaridan koʻrib chiqilgan. Bankning katta oilasi har doim tizimli va rasmiy faoliyatdan tashqari, ushbu vazifalarni qayta tiklashda jamiyatning poydevori sifatida rol oʻynagan.

Ijtimoiy tashkiliy mas’uliyati Kommunal xizmatlar loyihalari: Hozirgi vaqtda bank qiymati 114 milliard rialdan ortiq 39 ta kommunal xizmatlar loyihasida ishtirok etgan. Bolalarni qoʻllab-quvvatlash. Madaniy va ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash. Diya mahkumlarini ozod qilish uchun sport rejalarini qoʻllab-quvvatlash. Maktablar qurish.

Islom bankchiligi Erondagi barcha banklar Eron Islom Majlisi tomonidan 1983-yilda qabul qilingan Eronning Islom Bankchiligi (Shariat) qonuni asosida bank tamoyillari va amaliyotlariga amal qilishlari kerak. Ushbu qonunga koʻra, banklar faqat foizsiz islomiy operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin (foiz sudxoʻrlik yoki ribo hisoblanadi va Islom dini va uning muqaddas kitobi Qurʼon tomonidan taqiqlangan). Foydaning ulushi evaziga tovar va xizmatlar almashinuviga asoslangan tijorat operatsiyalari oʻtkazishga ruxsat etiladi. Ruxsat etilgan tijorat operatsiyalari qatoriga muzoraba, Forush agʻsati, Joala, Salaf va Qarz hasana kabi islomiy shartnomalar kiradi. Ushbu shartnomalar va tegishli amaliyotlar tafsilotlari Eronning Foizsiz bank qonunchiligi va uning koʻrsatmalarida keltirilgan.

Muvaffaqiyatlari 2017-yil Yuqori mahsulot innovatsiyasi milliy haykali „Baam“, 2017-yil Doktor Nurbaxsh festivalida, 2017-yilda bank sohasidagi eng yaxshi innovatsiyalar boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi Elektron bank va toʻlov tizimlarining 7-yillik konferensiyasida doktor Nurbaxsh festivalida tanlangan, 2017 2017-yilda mamlakat yoqilgʻi quyish shoxobchalarini rejalashtirish va oʻquv markazini eʼtirof etish ISO 10002: 2014 xalqaro standart sertifikati Milliy bankka jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Oltin haykalni topshirish, 2017-yil Taʼlim vazirligining maktablarni rivojlantirish va jihozlash boʻyicha Milliy bank funksiyasini qadrlashi, 2017-yil „Shahidlar va faxriylar ishi“ jamgʻarmasiga minnatdorchilik, 2017-yil Payam Nur universiteti Eron Milliy bankining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining minnatdorchiligi, 2017-yil Iqtisodiyot va moliya vazirligi Eron Milliy bankining Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan taqdirlandi, 2017 yil Milliy bankdan Sanoat, konchilik va savdo vazirligining bahosi, 2017-yil Eron Milliy banki 2017-yilda Eronning eng yaxshi 500 kompaniyasi qatoriga kirdi