Bogʻichinor mahallasi (Hamkor koʻcha, 32) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Qoryogʻdi, Degrez va Bekobod mahallalari bilan chegaradosh. Toshkent zilzilasidan soʻng, 1966-yil „Shtab“ guzarida Oktyabr samarasi mahallasi tashkil etilgan. Mahalla asosan „Eski shahar“, „Oʻqchi“, „Langar“ va boshqa mahallalardan kelgan aholidan tashkil topgan. 1978—2004-yillarda mahalla Sharof Rashidov nomi bilan atalgan. 2005- yildan hozirgi nomda. Aholisi 3 050 kishi, asosan, oʻzbeklar (2008). Mahalla hududida sartaroshxona, maishiy xizmat koʻrsatish uylari, xoʻjalik mollari doʻkoni, dorixona, kompyuter xonalar, 3 ta oziq-ovqat doʻkoni mavjud. Mahallada bir nechta fan arboblari, sanʼatkorlar, jumladan aka-uka Shoolim va Shoakbar Shojalilovlar, Turgʻun Alimatov yashab oʻtgan.
Manbalar
Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar