Ziynat mahallasi (Sergeli 7, 73) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Sergeli tumanidagi mahalla. Tumandagi Madadkor, Ezgulik, Yangi Sergeli, Sohibqiron, Sofdil va Yangihayot tumanining Humo mahallalari bilan chegaradosh. 1995-yil tashkil topgan. 2016-yilgacha buyuk shoir, sarkarda Bobur nomi bilan atalgan. Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Ziynat deb oʻzgartirilgan.

Aholisi 2 004 xonadondan (9 975 kishi) iborat (2009). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 ga yaqin millat vakillari (rus, tatar, qozoq va boshqalar) yashaydi. Mahallada 3 koʻcha, bolalar bogʻchasi, maktab, restoran, bir qancha oziq-ovqat doʻkonlari, dorixona, sartaroshxona, qishloq xoʻjalik mahsulotlari doʻkoni, navvoyxona va boshqalar mavjud.

Maydoni 21,9 gektar.

Manbalar

Turkum:Sergeli tumanidagi mahallalar