CAE inkorporatsiyasi. (sobiq Canadian Aviation Electronics ) Kanada ishlab chiqaruvchisi bo'lib, simulyatsiya, modellashtirish texnologiyalari va aviakompaniyalar, samolyot ishlab chiqaruvchilar, sog'liqni saqlash mutaxassislari va mudofaa sohasi xodimlariga o'qitish xizmatlarini ko'rsatadi. CAE 1947-yilda tashkil etilgan bo'lib, 35ta mamlakatda ishlab chiqarish operatsiyalari va o'quv muassasalariga ega. 2017-yilda kompaniyaning yillik daromadi 2,705 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Parvoz simulyatorlari CAE kompaniyasi aviakompaniyalar, samolyot ishlab chiqaruvchilari hamda o'quv markazlariga parvoz simulyatorlari va o'quv moslamalarini sotadi. U o'zining simulyatsiya dasturini bozorning turli segmentlari uchun litsenziyalaydigan va professional xizmat ko'rsatadigan bo'limiga ega.