Besh bola mahallasi (Mahzuna koʻchasi, 82-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Jarqoʻrgʻon, Muxtor Ashrafiy mahallalari bilan chegaradosh. Rivoyatlarga koʻra 19-asr oxirlarida eskishaharlik bir boy befarzand boʻlib, 5 bolani asrab olgan, bu bolalar voyaga yetgach, hozirgi mahalla hududida, oʻtmishda boʻlgan qamishzor va toʻqayzorlarni oʻzlashtirib ekinzorga aylantirishgan, bu yerlarda dala, hovli qilib sholi ekishgan, kech kuzda hosilni yigʻishtirib Eski shaharga qaytishgan. Mahalla nomi shundan. 1930-yilarda bu hudud Qorasuv tumani Frunze kolxozi deb yuritilgan. Besh bola qishloq soveti tuzilgach, ushbu yerlar oʻzlashtirilib, odamlar koʻchib kelgan. 1946-1992-yillarda Mahzuna (oʻzbek shoirasi), 1992-yildan yana Besh bola mahallasi deb ataldi. Aholisi 2 500 kishi, aksariyati (80%) tub aholi (2009).
Manbalar
Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar