Sohibqiron mahallasi (Anna Axmatova koʻchasi 2) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Sergeli tumanidagi mahalla. Soʻgʻdiyona, Sofdil, Ziynat, Yangi Sergeli mahallalari bilan chegaradosh. 1992-yil Amir Temur mahallasi nomi bilan tashkil etilgan. Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Sohibqiron deb oʻzgartirilgan.
Aholisi 5 800 kishi, 1187 xonadondan iborat (2008). Milliy tarkibi, asosan,oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari (rus,tatar,koreys va boshqalar) yashaydi. Mahallada 3 ta koʻcha, bolalar bogʻchasi, „Baxtdiyor“ restorani, 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, novvoyxona,2 ta shirkat, bozorcha mavjud.
Manbalar
Turkum:Sergeli tumanidagi mahallalar