Yağmur Tanrısevsin (1991-yil 28-yanvar tugʻilgan) — turkiyalik aktrisa va dizayner.
Faoliyati Tanrısevsin Marmara universitetining Tasviriy sanʼat fakultetining dizayn yoʻnalishini tamomlagan. U oʻz ijodiy faoliyatini har ikki sohada yaʼni aktrisalik va dizayn yoʻnalishlarida davom ettirmoqda. U Meltem Cumbul, Betül Alganatay, Ümit Çırak, Bahar Kerimoglu va Merve Taşkan kabi aktyorlardan aktyorlik saboqlarini olgan. U ingliz tilidagi „The Tradegy“ nomli qoʻrqinchli filmda Jennifer rolini oʻynagan.
„Pis Yedili“ serialida mehmon rolini ijro etgan. 2011-yilda „Adini Feriha Koydum“ serialida Ece rolini ijro etgan, 2013-yilda esa „Aşk Ağlatır“ filmida rol oʻynagan. Kino karerasini „Geniş Aile: Yapıştır“ serialida Chagla rolini va „Yok Artık 2“ serialida Damla rolini ijro etgan filmlari bilan davom ettirdi. Aktirisa „Güneşi Beklerken“ filmida Melis Güzelning hissiy inqirozni boshidan kechirayotgan mashhur bir oilaning nozik qizi rolini ijro etganligi orqali katta muvaffaqiyatga erishdi. U 2014-yilda Haluk Bilginer rol oʻynagan filmga „Kaçak“ rolida qoʻshildi. U televideniyedagi faoliyatini „Bana Baba Dedi“, „May Kraliçesi“ va „İki Yalanji“ seriallarida rollar bilan davom ettirdi. 2020-yilda aktrisa 2021-yil aprel Box Office maʼlumotlariga koʻra Turkiyada barcha davrlarning eng koʻp koʻrilgan 68-filmi hisoblangan „Baba Parasi“ filmida rol oʻynadi.
Filmografiyasi
Filmlarda +Kalit Hali chiqarilmagan filmlarni bildiradi Yil Sarlavha Rol Izoh 2013-yil The Tragedy Jennifer turkcha Aşk Ağlatır Banu 2015-yil Geniş Aile Yapıştır Chagʻla 2016-yil Yok artık! 2 Damla 2020-yil Baba Parasi Tulin Üçüncü Gün Elya
Televizion rollari Yil Nomi Roli Izohlar 2012-yil Kalbim Seni Seçti Kotib (mehmon koʻrinishi) Kalbim Seni Seçti Muge Adini Feriha Koydum Ece 2013—2014-yillar Güneşi Beklerken Melis Güzel 2014—2015-yillar Kaçak Tulay Mengen 2015-yil Bana Baba Dedi Didem 2015—2016-yillar Mayıs Kraliçesi Nehir 2017-yil İki Yalancı Duygu 2021-yil Menajerimi Ara Oʻzi 2021—2022-yillar Kalp Yarasi Ayshe Sancakzade /Yilmaz Asosiy rahbar
Mukofotlari va nominatsiyalari Yil Mukofot Turkum Ish Natija 2014-yil 5. Ayaklı News Paper Television mukofotlari Yoshlar dramasida eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisaGüneşi Beklerken Manbalar
Havolalar
Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik aktrisalar