„5 600 soʻm“ (toʻliq: „Kuniga 5 600 soʻm ishlab topgan odam kambagʻal emas“) — Prezident Administratsiyasi qoshidagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov tomonidan aytilgan hamda turli muhokamalarga sabab boʻlgan jumla. Ushbu jumla ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchradi va kulgili memlar mavzusiga aylandi. Ommalashuvi 2020-yilning 3-noyabr kuni „Kun.uz“ internet nashrida Obid Hakimovning Oʻzbekistonda kambagʻallikka qarshi kurash ishlari, xalqaro tadqiqotlar hamda xorijiy tajribalar haqida bergan intervyusida „Kuniga 5 600 soʻm ishlab topgan odam kambagʻal emas“ degan jumlani ishlatdi:
Tanqidi Intervyu eʼlon qilinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi hamda keskin tanqidlarga uchradi.
Manbalar
Turkum:Qanotli iboralar