Abdol Sulton — (1580-yilda vafot etgan.) XVI asrda yashab Zomin hokimi sifatida faoliyat yuritgan. Abdol Sulton - asl ismi Abdumalik Sultonning tavallud yili nomaʼlum boʻlib, shayboniy sultonlaridan, Koʻchkunchixon nevarasi bo'lib, Abdullatifxonning oʻgʻli, Iskandarxon hukmronligi davri (1561—1583–yillar)da Zomin hokimi boʻlgan. Taxt uchun kurashlarda magʻlub boʻlib, Koʻhiston, soʻng Hisori Shodmonga qochib ketgan, oʻsha yerda Oʻzbek Sulton tomonidan 1580-yilda oʻldirilgan. Samarqanddagi Koʻchkunchixon madrasasiga dafn etilgan. Abdol Sulton „Xush“ taxallusi bilan sheʼrlar yozganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil b.18.
Adabiyotlar „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
Turkum:Hokimlar