26chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1986-yilda ekranlarga chiqarilgan. Walt Disney Feature Animation tomonidan ishlangan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmda bosh qahramonlarga Vincent Price, Barrie Ingham, Val Bettin, Susanne Pollatschek, Candy Candido, Diana Chesney, Eve Brenner va Alan Young ovoz bergan.

Ovoz berganlar Barrie Ingham — Basil Filmning bosh qahramoni, mashhur detektiv sichqon. Uning obrazi xayoliy detektiv Sherlock Holmesga asoslangan. Film voqealari davomida uning asosiy vazifalari professor Ratiganni qoʻlga olish, Olivianing otasi janob Flavershamni qutqarish va sichqon-malika Victorianing oʻldirilishining oldini olishdan iborat. Vincent Price — professor Ratigan Filmning bosh salbiy qahramoni. Ratigan kalamush boʻlsa-da, boshqalardan uni sichqon deb atashni talab qiladi. Johil, ayyor va juda topqir. Uning obrazi Sherlock Holmes haqidagi hikoyalardagi professor James Moriarty qahramoniga asoslangan. Ratigan Britaniya sichqon monarxiyasi ustidan nazoratni qoʻlga kiritishga intiladi. Hatto Flavershamni oʻgʻrilaydi. Film oxirida, Basil bilan shiddatli kurashdan soʻng, Big Bendan yiqilib halok boʻladi. Val Bettin — doktor David Q. Dawson Sichqon-xirurg. Sherlock Holmes haqidagi hikoyalardagi doktor John H. Watson qahramoniga asoslangan. Film voqealari davomida, u Basilning eng yaqin doʻstiga aylanadi. Susanne Pollatschek — Olivia Flaversham Shotlandiyadan kelgan mitti sichqoncha. U oʻgʻirlangan otasini topishni soʻrab Basilga murojaat qiladi. Candy Candido — Fidget Alan Young — janob Flaversham Eve Brenner — qirolicha Mousetoria Basil Rathbone — Sherlock Holmes Laurie Main — doktor Watson Wayne Allwine, Tony Anselmo va Walker Edmiston — Ratiganning kallakesarlari Melissa Manchester — Miss Kitty Mouse

Musiqasi

Relizlari AQSh: 1986-yil 2-iyul (jahon premyerasi) Buyuk Britaniya: 1986-yil 17-oktyabr Fransiya: 1986-yil 26-noyabr Shvetsiya: 1986-yil 28-noyabr Ispaniya: 1986-yil 5-dekabr Niderlandiya: 1986-yil 18-dekabr Finlandiya: 1986-yil 19-dekabr Avstraliya: 1986-yil 26-dekabr Italiya: 1987-yil 20-fevral Meksika: 1987-yil 2-iyul Filippin: 1988-yil 1-noyabr Yaponiya: 1989-yil 8-iyul Norvegiya: 2000-yil 3-may Xitoy: 1990-yil 9-sentyabr

Manbalar

Havolalar

Turkum:Walt Disney Pictures animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Animation Studios filmlari Turkum:1986-yil filmlari Turkum:1986-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:AQSh detektiv filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:John Musker filmlari Turkum:Ron Clements filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar