Ibn Laʼliy (15-asr, Badaxshon) – shahzoda, shoir. Shoh Badaxshonning oʻgʻli. Aql-hushli, xushtabʼ yigit boʻlgan. Shoʻxligi va sohibkaramligi el ogʻzida naql boʻlgan. Goʻzal sheʼrlar ham yozib, uning bir matlaʼsini Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da keltiradi:Ey zi laʼli otashinat dar dili gulnor nor,

Gʻayri dil burdan nadori, ey buti makkor, kor.

(Mazmuni: Sening choʻgʻday labingdan qizil gulning bagʻriga oʻt tutashdi, ey makkor sanam, sening koʻngillarni oʻgʻirlashdan boshqa ishing yoʻqmi?)Ibn Laʼliy Abusaid Mirzo tomonidan qatl etiladi.

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik