Azizbek Isroilovich Ikromov () — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
Biografiyasi 1978-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovchisi.
2000—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasida bosh mutaxassislikdan bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.
2017-yil apreldan oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi.
2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.
2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi.
2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari.
2021-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — kadrlar departamenti boshligʻi.
2020-yil 26-noyabrdan 2023-yil 27-iyulgacha — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.
2023-yil 27-iyuldan 2026-yil 28-yanvargacha Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻiAzizbek Ikramov Fargʻona viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
2026-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
2021-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.
2026-yil 22-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar