“Tabaqot al-Hanobila” (arab. طبقات الحنابلة, Hanbaliy tabaqalar) – hanbaliy ulamolar hayotini qamrab olgan biografik lug‘at bo‘lib, Ibn Abu Ya’lo (vaf. 1131) tarafidan yozilgan. Kitob hanbaliy mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbalning hayoti bilan boshlanadi. Keyinchalik Hofiz Ibn Rajab Hanbaliy (vaf. 1393) “Hanbaliy tabaqalarning davomi” (Zayl ‘ala tabaqot al-hanobila) nomi bilan bu kitobning davomini yozgan. Zayl hijriy 460 yildan keyin vafot etgan olimlarni qamrab oladi. Asarning zamonaviy nashri 4 jilddan iborat bo‘lib, bunda ilk ikki jild Ibn Abu Ya’loning asl kitobi va qolgan ikki jild Ibn Rajabning zaylidan iborat.
Manbalar