Toro fonusi - sintoiylik ibodatxonasida joylashgan tosh, daraxt, chinni va metalldan yasalgan fonus. Sintoiylik ibodatxonasi jihozlaridan biri bo‘lgan mazkur tosh lampaning arxitekturasi Xitoy arxitekturasidan olingan bo‘lib, avvaliga faqatgina buddaviylik ibodatxonasida foydalanilgan. Xeyan (794-1185) hukmronlik qilgan davrdan boshlab, ushbu fonus sintoiylik ibodatxonasida qurila boshlagan. Mazkur fonusning aksariyati toshdan yasalgani uchun, u tosh lampa deb, ham ataladi. Sintoiylikda ibodat, an’ana va marosimlarni bajarishda ibodatxona hududida joylashgan fonuslarning barchasi bir vaqtning o‘zida yoqib qo‘yiladi. Manbalar
Adabiyotlar