Somoniylar (fors.سامانیان)999-865-yillarda hukmronlik qilgan sulola.

Somoniylarning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi boʻlmish Somonxudot ismi bilan bogʻliq. Somonxudotning kelib chiqishi haqida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (X asr) va Hamza Isfahoniy (X asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlogʻidan, al-Muqaddasiy (X asr) ning maʼlumotiga koʻra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan boʻlgan. „Saʼdiya“ nomli asar (XVII asr) da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, uning asl ismi Arquq boʻlib, u Fargʻonadan Termizga koʻchib kelgan va u yerda Somon nomli qishlogʻiga asos solgan. Oʻrta asrlarda Buxoro, Fargʻona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar boʻlganligi qayd etilgan. Bu maʼlumotlar „Somon“ toponimi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarqalgan joy nomi boʻlganligidan dalolat beradi.

Hukmdorlar Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va hokazo) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (VI asr) ning 4 yoki 5 pogʻonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻliq. U sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda qolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshohlar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo qilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqqatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari qatorida tilga olingan.

Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al-Qushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi qurolli yordam berishini soʻraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini qabul qiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli oʻgʻillari al-Maʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda boʻlgan va Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga al-Maʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, shuningdek, shimolidagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot shahrida ham hokimiyat Somoniylarning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida Somoniylar turklarning Shovgʻar shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. Somoniylarning kuchayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi: Ahmad ibn Ismoil (907—914 yillar), Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar), Nuh ibn Nasr (943-954 yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 yillar), Mansur ibn Abdulmalik (961—976 yillar), Nuh ibn Mansur (976—997 yillar), Mansur ibn Nuh (997—999 yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000-yillar). Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, S. hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000—1005-yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, Somoniylar hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan Somoniylar sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.

Maʼmuriy boshqaruv tizimi. Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. Somoniylarda vazir devonidan tashqari 10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Somoniylarning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.

X asr boshida Somoniylar hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, Guzganon, Gʻarchiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon. Viloyatlarda boshqaruv gʻokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga koʻpincha mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qoʻlida boʻlib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guzganonda farigʻuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chagʻoniyon, Gʻazna, Sijiston, Gʻur va Gʻarchistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.

Aholisi Somoniylarning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari toʻla turkiylarning qoʻlida boʻlgan. X asr ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy aholisi koʻplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli Somoniylarning boshqaruv tizimida ularning salmogʻi oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu, Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin, Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytugʻdibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytugʻmish va boshqa gʻukmdorlar boshqargan.

Hokimiyat Somoniylar qoʻlidan ketib, qoraxoniylar qoʻliga oʻtgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga oʻtishgan. Shuning uchun Bugʻroxon 992-yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va Buxoroni egallaganda, unga hech kim qarshilik koʻ)|satmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha boʻlgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, oʻz yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar.

Boshqaruv tizimi