Yahyo an-Nakabuniy (Abu Zakaryo) Yahyo ibn Jaʼfar ibn Aʼyan ibn al-Azdiy al-Poy kandiy an-Nakabuniy — poykandlik bo‘lgan, Nakabun qishlog‘ida istiqomat qilgan. Qurʼonga tafsir yozgan. Namoz, ro‘za, diniy rasm-rusumlar va oldi-sotdiga oid kitoblar taʼlif etgan. Iroq va Hijozga safar qilib, u yerlarda ibn Uyayna va boshqa ulamolar bilan muloqot qilishga muvaffaq bo‘lgan. Undan Imom al-Buxoriy hadislar rivoyat qilgan.
Manbalar