José María Méndez, tahallusi Pulpis (, ; 1974-yil 28-mart Lugoda tugʻilgan) – ispaniyalik sobiq professional futzalchi, darvozabon sifatida oʻynagan. 1996-yilda beri futzal murabbiy, mutaxassis va futzal instruktori lavozimlarida ishlagan. José 2011—2012 va 2014—2017-yillarda futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik faoliyati bilan tanilgan. 2019-yildan Tailan futzal terma jamoasida bosh murabbiy vazifasida ishlamoqda.

Biografiya va faoliyati Xose Mariya Mendez 1974-yil 28-martda Ispaniyaning Galisiya provinsiyasida joylashgan Lugo shahrida tugʻilgan. Yoshligida darvozabon sifatida futzal bilan shugʻullana boshlagan. Mendesning soʻzlariga koʻra, u futzalchi sifatida kuchli emas edi va shuning uchun faoliyatini 22 yoshida yakunlagan. Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha yili uning klubida toʻsatdan bosh murabbiy ishdan boʻshatilib, unga boʻsh lavozim taklif qilingan. Shu tariqa Mendes murabbiylik faoliyatini boshlagan.

2000-yillarning oʻrtalarigacha u turli ispan klublariga ustozlik qilgan. Bir muddat Xorvatiyada ishlagan. 2008-yili Ispaniya klublaridan birida murabbiylik qilayotgan vaqtida Tailand terma jamoasi uni bosh murabbiylikka taklif qiladi va shu tariqa Mendez bu jamoaga bosh murabbiy boʻladi. Oʻshandan beri u Osiyoda ishlaydi. Uning qoʻl ostida Tailand terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta Osiyo chempionati finaliga chiqgan va oʻz tarixida uchinchi marta 2008-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, „B“ guruhida 4-oʻrinni egallagan. Bir muddat Vyetnam terma jamoasida ishlagan.

2011-yilda Oʻzbekiston terma jamoasidan taklif olib, ushbu jamoani boshqargan. U Oʻzbekistonda 2012-yil oxirigacha ishlagan va 2013-yildan Tailandning „Chonburi Blyuveyv“ klubida ish boshlagan. 2014-yilning aprel oyidan 2018-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida oʻzbekistonliklar 2014-yilgi Osiyo chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan, 2016-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida finalga qadar yetib borishgan hamda oʻz tarixlarida ilk bor 2016-yilgi Kolumbiya jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan.

2026-yil 6-aprelda Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tayinlangan.

Yutuqlar

Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori: 2014-yil Osiyo chempionati finalchisi: 2008, 2016-yillar Kubok egalari kubogi sohibi: 2006/07 Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi: 2013-yil Xorvatiya kubogi sohibi: 2003/04

Manbalar

Havolalar

Futsalplanet.com saytidagi sahifa redpen.uz: Xose Mariya Pazos Mendez. Ispaniyalik murabbiy Toshkentda championat.asia Xose Mariya Mendez: „Oʻzbekiston xalqi oʻz oʻgʻillari bilan faxrlanishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz“

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futzalchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Ispaniyalik futzal murabbiylar Turkum:Futzal darvozabonlari Turkum:Ispaniyalik erkak futzalchilar Turkum:Futzal murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiylari