Abdurrahmon ibn Yazid ( — Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Yazid ibn Joriya al-Ansoriy,? — 98/716-17,?) — madinalik tobeʼin.

Oilasi Amr ibn Avf urug‘idan. Onasi — Jamila bint Sobit ibn Abu-l-Aqlah Umarning nikohida bo‘lgan, keyinchalik undan ajrashgan ayol sahobalardan. Otasi esa, Vado hajining bir bo‘limini rivoyat qilgani bilan tanilgan Yazid ibn Joriya­dir.

Hadislari Ishonchli roviy hisoblangan Abdurrahmon ibn Yazid ko‘proq Umar, Abu Ayyub al-Ansoriy, Abu Luboba ibn Abdulmunzir va amakisi Mujammi’ ibn Joriyalardan hadis rivoyat etgan. Undan Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr va Ibn Shihob az-Zuhriy kabi tobeʼinlar hadis rivoyat qilganlar.

Faoliyati ­Abdurrahmon ibn Yazid Umar ibn Abdulaziz Hijozda hokimlik qilgan davrda, bir muddat Madina qoziligi vazifasini ado etgan.

Adabiyotlar

Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. V, 84; Xalifa ibn Xayyot. Tabaqāt. — Riyoz: 1402/1982. 237; Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1360-80/1941-60. III/I, 363; Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydar­obod: 1371-73/1952-53. II/II, 299; Inb al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 500-501; Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 298-299; Mücteba Uğur. „Abdurrahman b. Yezîd“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 177.

Manbalar