Abdulloh ibn Abdurrahmon Siroj (; ‎ — 1949-yil may) arab siyosatchisi va islom olimi boʻlib, Hijoz qirolligida va keyinchalik Transiordaniya amirligida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, har ikki davlatning Bosh vaziri lavozimini egallagan (shuningdek, 5-Iordaniya bosh vaziri boʻlgan).

Hayoti Abdulloh Siroj Makkada tugʻilgan, u Savlatiya madrasasini, keyinchalik Qohiradagi al-Azhar universitetini tamomlagan. 1907-yilda Sharif Ali Abdulloh tomonidan Makkadagi hanafiylar muftiysi etib tayinlangan. U 1908-yilda Usmonlilar parlamentida Makka vakili etib saylangan, ammo xizmat qilishdan oldin isteʼfoga chiqqan. Sharif Husayn 1916-yilda Usmonlilar imperiyasidan mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng, Sirojni Hijoz hukumatining bosh sudyasi va bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlaydi. Siroj 1918-yilgacha amir Ali o‘rniga Bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. 1924-yilda Husayn taxtdan voz kechganidan soʻng, Siroj Alining qisqa hukmronligi davrida Bosh vazir lavozimini egallaydi, bu qirollikning 1925-yilda Nejd Saudiya sultonligiga taslim boʻlishi bilan yakunlanadi. Keyinchalik Abdulloh Siroj Iordaniyaga koʻchib oʻtadi va u yerda amir Abdulloh qoʻl ostida 1931-yildan 1933-yilgacha Bosh vazir boʻlib ishlaydi hamda bir vaqtning oʻzida moliya va Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, Bosh sudya lavozimini egallaydi Translation: PRO. FO 195/2286. Monahan to Lowther. Jidda, 15 December 1908. „He is Mufti at Mecca of the Hanafi sect, as his father was before him. His family is of Indian origin but has been residing in Mecca for more than 200 years. His father died in exile in Egypt about 12 years ago, having incurred the displeasure of Grand Sharif Aun ar-Rafik, which would be a fact in his favor, and he himself (he is now about 35) was living in Constantinople in fear of the Grand Sharif for more than ten years until he returned two years ago to Mecca. He appears to have a good reputation, intellectually, and morally, and knows Turkish well…“ Quoted in .

Manbalar

Turkum:Makka muftiylari Turkum:Hanafiylar Turkum:1949-yilda vafot etganlar Turkum:Makkalik odamlar Turkum:Iordaniya moliya vazirlari Turkum:Iordaniya bosh vazirlari Turkum:1876-yilda tugʻilganlar