ʿAbd ar-Rabb Jaunpuriy ( , ; 1875 — 1935-yil iyun) hind musulmon olimi, yozuvchi va oʻqituvchisi. U bobosi Karamat Ali Jaunpuriy tomonidan asos solingan Taiyuni islohotchi harakati bilan bogʻlangan va 1899-yilda amakisi Hofiz Ahmad Jaunpuriydan keyin harakat yetakchisi boʻlgan.
Ilk faoliyati va taʼlimi Abdul Rab Jaunpuri 1875-yilda Britaniya Rajining shimoli-g‘arbiy provinsiyalarida joylashgan Mullatola, Jaunpur shahrida hindistonlik musulmon olim oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Hofiz Mahmud Jaunpuriy oʻzining nasl-nasabini Qurayshning arab qabilasidan boʻlgan deya taʼkidlagan, Jaunpuriy esa birinchi Rashidun xalifasi Abu Bakrning 37-avlod toʻgʻridan-toʻgʻri avlodi boʻlgan. Jaunpuriyning bobosi Karamat Ali Jaunpuriy Taiyuni islohotchi harakatining asoschisi boʻlgan va Shimoliy Hindiston va Bengaliyada islomni targʻib qilgan. Uning buyuk bobosi Abu Ibrohim Shayx Muhammad Imom Baxsh ibn Shayx Jarulloh Shoh Abdul Aziz Dehlaviyning shogirdi boʻlgan. Uning oila aʼzolarining koʻpchiligi ham islom ulamolari hisoblangan, masalan, amakilari Hofiz Ahmad Jaunpuriy va Abdul Avval Jaunpuriy shuningdek, amakivachchasi Rashid Ahmad Jaunpuriylar shular jumlasidandir.
Jaunpuriyning otasi u besh yoshida vafot etgan, shuning uchun u amakisi Hofiz Ahmad Jaunpuriy qoʻlida tarbiyalangan va taʼlim olgan. U bolaligida Qur’onni yod olgan, arab va fors tillarini puxta o‘rgangan. Maʼrifat ilmini oʻzlashtirgan.
Faoliyati Jaunpuriy amakisi bilan birga Bengaliyaning Bhola orolidagi Daulatxonda koʻplab diniy muassasalar tashkil etishda faolyat olib borgan. U langar xonadon tashkil etib, u hududdagi muhtoj odamlarni ovqat bilan taʼminlagan. Jaunpuriy Bengaliyaning koʻplab turli qismlarini kezib, ommaviy maʼruzalar oʻqiydi va u yerda koʻplab muxlislarga ega boʻladi. U tashrif buyurgan ahamiyatli joylarga Sandvip va Barisal kiradi. U urdu tilida Nafeul Xalaiq kabi kitoblar ham yozgan. Keyingi avlod islom ulamolarining aksariyati Muhammad Ishoq va Abul Hasanat Muhammad Abdul Hayy kabilar uning muridlari boʻlgan.
Vafoti Jaunpuriy 1935-yil iyun oyida oʻzining uyi — Jaunpurdagi Mullatola mahallasida vafot etadi, bu hudud oʻsha paytda Britaniya Hindistonining Birlashgan provinsiyalari ostida joylashgan edi.
Nasl-nasabi Uning nasl-nasabi quyidagichaAhmed, Momtazuddin (1963). পরিবাগের শাহ ছাহেব রাহেমাহুল্লার জীবনী (in Bengali). p. 10.:
Muhammad paygʻambar Abu Bakr Salmon al-Forisi Al-Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr Jaʼfar ibn Muhammad ibn Ali as-Sodiq Abu Yazid Tayfur al-Bistomiy Abu al-Hasan al-Xaraqoniy Abu Ali Farmadiy Abu Yaʼqub Yusuf al-Hamadoniy Abdulxoliq al-Gijdavoniy Xoʻja Muhammad Orif ar-Rivgariy Xoʻja Maxmud al-Anjir al-Fagnaviy 'Azizon 'Ali ar-Romitoniy Sayyid Shams ad-Din Amir Kulol Muhammad Bobo as-Samosiy Sayyid Baho ad-Din Naqshband Sayyid Mir Alauddin Attar Yaʼqub Charxiy Xoʻja Ubaydulloh Ahrar Xoja Muhammad Zohid Vaxshiy Xoja Darvesh Muhammad Xoja Muhammad Amkingiy Xoʻja Boqi Billoh Ahmad Sirhindiy Sayyid Odam ibn Nuriy Sayyid Abdulloh Akbarobodiy Shoh Abdur Rahim Shoh Valiulloh Dehlaviy Shoh Abdul Aziz Dehlaviy Sayyid Ahmad Barelviy Karomat Ali Jaunpuriy Hofiz Ahmad ibn Ali al-Jaunpuriy ʿAbd ar-Rabb ibn Mahmud ibn ʿAli al-Jaunpuriy
Manbalar
Turkum:Hanafiylar Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:XX asr Hindiston musulmonlari Turkum:XIX asr Hindiston musulmonlari Turkum:1935-yilda vafot etganlar Turkum:1875-yilda tugʻilganlar Turkum:Hindistonlik musulmon Islom ulamolari Turkum:Jaunpur tumanidan boʻlgan shaxslar Turkum:XIX asr hind tarbiyachilari