Aziz-ul-Rahmon Usmoniy (shuningdek, Azizur Rahmon Usmoniy nomi bilan ham mashhur) (1928-yilda vafot etgan) hind sunniy musulmon olimi, Dorul Ulum Deobandning birinchi bosh muftiysi boʻlib ishlagan. U „Fatova Darul Ulum Deoband“ kitobi bilan mashhur. Uning ukasi Shabbir Ahmad Usmoniy hisoblanadi.

Biografiyasi Aziz ul-Rahmon Usmoniy hijriy 1275-yilda Deobandning Usmoniylar oilasida dunyoga keladi. Hijriy 1295-yilda Dorul Ulum Deobandni bitirgan. Uning ustozlari Muhammad Qosim NanautaviyTurkum:CS1 Urdu-language sources (ur), Mahmud Hasan Deobandiy va Muhammad Yoqub Nanavtaviy boʻlgan . U soʻfiylik boʻyicha Muhammad Rofiuddinning iqtidorli shogirdlaridan biri edi.

Usmoniy Dorul Ulum Deobandning Dorul Iftosiga Bosh muftiy etib tayinlangan va 1927-yilgacha uni boshqargan, soʻngra Dabhelga koʻchib oʻtgan. Uning fiqhiy hukmlari Zaferuddin Miftahiy tomonidan oʻn ikki jildda jamlangan va 1962-1972-yillar orasida "Fatova Dorul Ulum Deoband " nomi bilan nashr etilgan. Muhammad Shofi Deobandiy ham Usmoniyning tanlangan fatvolarini yigʻib, Aziz al- Fatova nomi bilan nashr etgan. Sayid Mehbob Rizviyning yozishicha, Usmoniy hijriy 1330-1346-yillar orasida 37561 fatvo bergan .

Usmoniy 1927-yilda Anvar Shoh Kashmiriy bilan birga Dorul Ulum Deobanddan isteʼfoga chiqadi hamda Jamia Islamia Talimuddin (Dabhel)ga koʻchib oʻtadi va u yerda Sahih al-Buxoriydan dars bera boshlaydi. Dabhelda uning sogʻligʻi yomonlashdi, Aziz ul-Rahmon Deobandga qaytib keladi va u yerda 1928-yilda vafot etadi. Janoza namoziga Sayyid Asg‘ar Husayn Deobandiy imomlik qilib, Dorul Ulumdagi Qasmi qabristoniga dafn qilinadi.

Azizul-Rahmon Usmoniy Hindiston bosh muftiysi hamda Dorul Ulum Deoband bosh muftiysi unvonlari bilan hukm chiqargan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1928-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar oilasi Turkum:Deobandiylar Turkum:Hanafiy fiqh ulamolari