CHjenguan davri Tan imperatori Tayszun Li Shimin yoshligida otasi Li Yu- anning o'ng qo'li bo'lib, otasiga Tan sulolasini shakllani- shida yordam bergan. U mohir lashkar bo'lib, qobiliyatli va aqlli odamlarni oʻziga yaqin tutardi va yuqori mavqega ega edi. Chjenguan yilida Li Shimin imperator bo'ldi. Chjengu- an davrida (627-649-yillar) u Suy sulolasi halokatidan olgan sabog'ini yoddan chiqarmay, mamlakat boshqaruvida ochiq siyosatini qo'lladi va xalq hamda davlat manfaatlari uchun ko'pgina chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Buning natijasi- da Tan sulolasi hokimiyati mustahkamlandi, ijtimoiy iqtisod tiklandi va rivojlandi, nisbatan tinch va farovon sharoit o'r- natildi. Tarixchilar bu vaqt bo'lagini "Chjenguan davri” deb atashadi. Tayszun ochiq-oydin siyosat olib borish uchun qobiliyatli odamlardan unumli foydalanish va xalq fikrlariga quloq solish lozimligidan unumli foydalangan. Shuning uchun ham u lavozimlarga kelib chiqishidan qat'iy nazar iqtidorli va qo- biliyatli odamlarni tayinladi. O'z fikrla- rida qattiq turadigan Vey Chjen impera- torning qahriga uchrashdan qo'rqmasdan uni ochiqdan-ochiq tanqid qilardi. Tays- zun Vey Chjenning vafoti tufayli qattiq qayg'urdi. U shunday degan edi: "Mis hoshiyali ko'zguda kiyimlarni tartibga so- lish mumkin; tarix ko'zgusida yuksalish va yemirilishni ko'rish mumkin; inson koʻzgusida xatolarni tushinish mumkin. Vey Chjen o'limidan keyin men mana shu ko'zgusiz qoldim". Tan imperatori Tayszun juda ko'p chora-tadbirlar o'tkazdi. Masalan, uyezd va okruglarni birlashtirdi va bu bilan ortiqcha harajatlarni tejab qoldi; dehqonlar yerga ega bo'lishlari uchun ruxsat berdi; mehnatkash xalqning og'ir yukini yengillashtirib, dehqonc hilik uchun dehqonlarga vaqt be- rishni kafolatladi. Bu chora-tad- birlarning barchasi xalq tomoni- dan keng ko'lamda qo'llab-quv- vatlandi. Tayszun koʻpincha qadimgi "Imperator- bu qayiq. xalq suv; suv qayiqni suv usti- da olib yurishi mumkin, xohlasa cho'ktirishi mumkin" degan hik- matli gapni keltirar edi.Tayszun nisbatan ochiq milliy siyosat olib bordi va uning bu siyosatini barcha millatlar qo'llab-quvvatladilar. Shimoliy xalq- lar uni hurmat qilib "xan" deb atashar edi. U o'z qizi malika Venchenni tibet podshohiga erga berganligi sababli xanlar va tibetliklar o'rtasidagi aloqalar yanada yaqinlashdi. Bu esa o'z navbatida, ko'p millatli davlatning barqarorligiga hissa bo'lib xizmat qildi. Manbalar
Adabiyotlar S.Nosirova. S. Hashimov . Xitoy tarixi. Toshkent -2018 97,98,99