link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/ce/Stonewall_Inn_5_pride_weekend_2016.jpg/262px-Stonewall_Inn_5_pride_weekend_2016.jpg|thumb|262x262px| Greenwich Village, Manxettendagi gey mahalla, Stonewall Inn uyi, bu yerda kamalak gʻurur bayroqlari bilan bezatilgan.
LGBT hamjamiyati (shuningdek, LGBTQ+ hamjamiyati, GLBT hamjamiyati, geylar hamjamiyati yoki noodatiy hamjamiyati sifatida ham tanilgan) – umumiy madaniyat va ijtimoiy harakatlar bilan birlashgan lezbian, gey, biseksual, transgender hamda boshqa noodatiy jinsiy orientatsiyali shaxslarning erkin guruhidir. Bu jamoalar, odatda, gʻurur, xilma-xillik, individuallik va jinsiy erkinlikni targʻib qiladi. LGBT faollari va sotsiologlar LGBT hamjamiyati qurishni kattaroq jamiyatda mavjud boʻlgan geteroseksizm, gomofobiya, bifobiya, transfobiya, jinsiy diskriminatsiya hamda konformistik bosimlarga qarshi kurash sifatida baholashadi. Magʻrurlik yoki baʼzan gey magʻrurligi atamasi LGBT hamjamiyatining oʻziga xosligini hamda jamoaviy kuchini ifodalab keladi va Magʻrurlik paradlari atamaning umumiy maʼnosini namoyish qilish, undan foydalanishning eng yaxshi namunasi, deb qaraladi. LGBT hamjamiyati siyosiy mansubligi jihatidan xilma-xildir. Lezbian, gey, biseksual yoki transgender boʻlgan barcha odamlar ham oʻzlarini LGBT hamjamiyatining bir qismi, deb hisoblamaydilar.
Qonuniy ruxsat berilgan mamlakatlarda LGBT hamjamiyatining bir qismi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan birliklarga gey mahallalari, LGBT huquqlarini himoya qilish tashkilotlari, kompaniyalardagi LGBT xodimlar guruhlari, maktablar va universitetlardagi LGBT talabalar guruhlari, shuningdek, LGBTni qoʻllab-quvvatlovchi diniy guruhlar kiradi.
LGBT hamjamiyatlari dunyoning turli joylarida LGBT huquqlarini targʻib qiluvchi fuqarolik huquqlari uchun faollashishi yoki ularni qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Shu bilan birga, kattaroq jamiyatdagi taniqli shaxslar maʼlum joylarda ushbu tashkilotlarga kuchli yordam taklif qilishlari mumkin. Misol uchun, LGBT himoyachisi va qoʻshiqchi Madonna shunday degandi: „Mendan butun dunyo boʻylab koʻplab Magʻrurlik tadbirlarida chiqishni soʻrashdi – lekin men Nyu-York shahrini hech qachon rad etmayman“.
Atamashunoslik
LGBT yoki GLBT – lezbian, gey, biseksual va transgenderni ifodalovchi qisqartmadir. 1990-yillardan beri qoʻllanilayotgan bu atama 1980-yillarning oʻrtalaridan oxirigacha ommalashib boshlagan gey atamasining oʻrnida qoʻllangan LGB abbreviaturasining moslashuvidir. Harakat har doim barcha LGBT odamlarini oʻz ichiga olgan boʻlsa-da, 2000-yillardan 2010-yillarning boshigacha bir soʻzdan iborat birlashtiruvchi atama gey edi. Keyinchalik bu atama koʻplab guruhlar tomonidan yanada aniq va toʻliqroq boʻlishi uchun lesbian, gey, biseksual, transgenderga kengaytirildi. Saksoninchi yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida Gʻarbda, ayniqsa, radikal siyosiy guruhlar tomonidan ishlatilganda,"gʻayritabiiy" doimiy ishlatiladigan bosh harflar qatoriga bir soʻzli muqobil sifatida qayta tiklandi. Shu tarzda LGBTQ qisqartmasi paydo boʻldi.
Mazkur qisqartma, shuningdek, LGBT kabi keng tarqalgan variantlari 1990-yillarda jinsiy erkinlik va gender identifikatori haqidagi mavzularni belgilashda foydalanish uchun umumatama sifatida asosiy oqimga qabul qilingan. Masalan, AQShdagi LGBT Harakatini Rivojlantirish loyihasi bunday birlashmalarni har tomonlama oʻrganish davomida LGBT hamjamiyatining aʼzolariga oid xizmatlarga ega boʻlgan jamoat markazlarini „LGBT hamjamiyat markazlari“ deb atagan.
LGBT atamasi jinsiylik erkinlik va gender identifikatoriga asoslangan madaniyatlarning xilmaxilligini ochib berish uchun moʻljallangan. Bu faqat lesbian, gey, biseksual yoki transgender boʻlgan odamlarga emas, balki heteroseksual yoki sisgender boʻlmagan har qanday kishiga tegishlilik hisoblanadi. Ushbu inklyuziyani oʻz gʻayritabiiy yoki jinsiy orientatsiyasi soʻroq ostida boʻlganlar uchun Q harfini qoʻshadigan mashhur variant sifatida tasniflanadi; LGBTQ 1996-yildan beri qayd etilgan page 690.
Ramzlar
Geylar hamjamiyati koʻpincha maʼlum belgilar, ayniqsa kamalak yoki kamalak bayroqlari bilan bogʻlanadi. Yunoncha lyambda belgisi („L“ – inglizcha liberation (ozodlik)dan), uchburchaklar, lentalar va gender belgilari ham „geylarga nisbatan tolerantlik“ belgisi sifatida ishlatiladi. Geylar hamjamiyatidagi boʻlinmalarni ifodalash uchun koʻplab turdagi bayroqlar mavjud, ammo eng koʻp tan olingani kamalak bayrogʻidir. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan kamalak bayrogʻining yaratuvchisi Gilbert Beykerning soʻzlariga koʻra, har bir rang jamiyatdagi qadriyatni ifodalaydi:
pushti = jinsiylik erkinlik qizil = hayot olovrang = salomatlik sariq = quyosh yashil = tabiat koʻk = sanʼat siyohrang = uygʻunlik binafsha = kayfiyat
thumb|Kongressmen Nensi Pelosi Pushti uchburchak birodarlari marosimida
Keyinchalik, pushti va siyohrang bayroqdan olib tashlandi. Hozirgi bayroq birinchi marta 1979-yilgi Magʻrurlik paradida taqdim etilgan. Boshqa bayroqlar orasida OITS ustidan gʻalaba bayrogʻi, Teri magʻrurligi bayrogʻi hamda Bear Pride bayrogʻi bor.
Lyambda belgisi dastlab Nyu-Yorkdagi Gey faollari ittifoqi (Gay Activists Alliance) tomonidan 1970-yilda yirik Geylarni ozod qilish Frontidan ajralib chiqqandan keyin qabul qilingan. Lyambda tanlangan, chunki odamlar belgini kollej ramzi bilan chalkashtirib yubormasliklari uchun lyambda qabul qilingan. Jamiyat ramzida lyambda ishtirok etmasa, uni geylar hamjamiyatining ramzi sifatida tan olinmaydi. „1974-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan Edinburg (Shotlandiya)dagi Geylar huquqlari boʻyicha Xalqaro Kongressda lyambda rasman gey va lesbiyan huquqlarining xalqaro ramzi deb eʼlon qilindi“.
Uchburchak Xolokostdan keyin gomoseksuallar hamjamiyatining ramziga aylandi. Bu nafaqat yahudiylarni, balki nemis qonunlari tufayli oʻldirilgan gomoseksuallarni ham ifodalagan. Holokost paytida gomoseksuallar yahudiylar, oddiy mahbuslar va siyosiy mahbuslar oʻrtasidagi farqni aniqlash uchun pushti uchburchaklar bilan yorliqlangan. Qora uchburchak esa ayollar uchun faqat lezbiyen juftligini ifodalovchi ramzdir. thumb| Pushti va sariq uchburchaklar Holokost paytida yahudiy gomoseksuallarini belgilash uchun ishlatilgan. Pushti va sariq uchburchak yahudiy gomoseksuallarni belgilash uchun ishlatilgan. Gender ramzlari gomoseksual yoki biseksual munosabatlar oʻzgarishlarining ancha uzun roʻyxatiga ega boʻlib, ular aniq tanib olinadi, lekin boshqa belgilar kabi mashhur boʻlmasligi mumkin. Geylar hamjamiyati yoki gey gʻururi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa belgilar qatoriga gey-oʻsmirlar oʻz joniga qasd qilish tasmasi, OITS haqida xabardorlik lentasi, lebrays hamda binafsha rangli karkidon kiradi.
1995-yil kuzida Inson huquqlari kampaniyasi logotipni (toʻq koʻk kvadratda sariq rangli tenglik belgisi) qabul qildi, bu lezbiyan, gey, biseksual va transgender hamjamiyatining eng taniqli ramzlaridan biriga aylandi. Logotip butun dunyo boʻylab koʻrish mumkin boʻlgan hamda LGBT aʼzolari uchun teng huquqlar uchun kurashning sinonimiga aylandi.
Eng eʼtiborga molik oʻzgarishlardan biri 2017-yil 8-iyunda Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida amalga oshirildi. Ular anʼanaviy LGBT+ bayrogʻiga ikkita yangi – qora va jigarrang chiziq qoʻshdilar. Bular LGBTQIA hamjamiyatidagi aʼzolar rang-barangini taʼkidlash uchun moʻljallangan edi.
Inson va qonuniy huquqlar
thumb|Nikoh erkinligi vakili Evan Vulfson Amerika skaut yigitlariga qarshi Oliy sud oldida bahslashdi. Deyl .
LGBT hamjamiyati global hamjamiyatning ijtimoiy tarkibiy qismi boʻlib, koʻpchilik, jumladan, geteroseksual ittifoqchilar orasida, fuqarolik huquqlari sohasida kam vakillarga ega deb hisoblaydi. Geylar jamiyatining hozirgi kurashiga asosan globallashuv sabab boʻldi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Ikkinchi Jahon urushi mamlakatning turli burchaklaridan kelgan koʻplab qishloq erkaklarini birlashtirdi va ularni Yevropaning baʼzi qismlarida yanada ilgʻor munosabatlarga duchor qildi. Urushdan keyin uyga qaytgan bu erkaklarning koʻpchiligi oʻzlarining kichik shaharchalariga qaytish oʻrniga shaharlarda birlashishga qaror qilishdi. Yangi paydo boʻlgan jamoalar tez orada geylar huquqlari harakatining boshida siyosiy rolga ega boʻldi, shu jumladan Stounoll kabi joylarda tarixiy voqealar ham yuz berdi. Bugungi kunda koʻplab yirik shaharlarda geylar va lesbianlarning jamoat markazlari mavjud. Dunyo boʻyicha koʻplab universitet hamda kollejlarda LGBT talabalari uchun yordam markazlari mavjud. Inson huquqlari kampaniyasi, Lambda Legal, Empowering Spirits Foundation va GLAAD Qoʻshma Shtatlardagi keng koʻlamli masalalar boʻyicha LGBT kishilarini himoya qiladi. Xalqaro lesbian va gey uyushmasi ham mavjud. 1947-yilda Buyuk Britaniya Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini (IHUD) qabul qilganda, LGBT faollari irqi, jinsi va jinsiy orientatsiyasidan qatʼi nazar, barcha odamlar uchun teng, ajralmas huquqlar tushunchasiga yopishib oldilar. Deklaratsiyada geylar huquqlari alohida tilga olinmaydi, lekin tenglik va kamsitishdan ozodlik haqida soʻz boradiAmnesty International USA. Human Rights and the Rights of Lesbian, Gay, Bisexual and Transgender People. 2009. . 1962-yilda Klark Polak Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi Yanus jamiyatiga qoʻshildi. Oradan bir yil oʻtgach, u prezident boʻldi. 1968-yilda u Jamiyat oʻz nomini Gomoseksual Huquqni Isloh qilish Jamiyatiga oʻzgartirishini eʼlon qilarkan shunday degandi; „Gomoseksuallar endi oʻz ranglari ostida uchishga tayyor“ (Styuart, 1968). thumb| Qoʻshma Shtatlardagi eng yirik geylar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlardan biri boʻlgan Inson huquqlari kampaniyasining shtab-kvartirasi
Bir jinsli nikoh
Dunyoning baʼzi qismlarida sheriklik huquqi yoki nikohda bir jinsli juftliklar uchun ham ruxsat berilgan. Bir jinsli nikoh tarafdorlari nikohni bir jinsli juftliklar uchun uzaytirilishining sabablari sifatida turmushga chiqa olmaydigan odamlarga rad etiladigan bir qator imtiyozlarni, jumladan, immigratsiya, sogʻliqni saqlash, meros, mulkiy huquqlar hamda boshqa oilaviy majburiyat va himoyalarni keltirmoqda. . Geylar hamjamiyatidagi bir jinsli nikohning muxoliflari, bir jinsli juftliklarga nikoh huquqini kengaytirish orqali ushbu imtiyozlarga erishish uchun kurashish, ularning munosabatlari holatidan qatʼi nazar, odamlarga berilishi kerak boʻlgan imtiyozlarni (masalan, sogʻliqni saqlash) xususiylashtirishini taʼkidlaydilar. Bundan tashqari, ular geylar jamoasidagi bir jinsli nikoh harakati uch yoki undan ortiq aʼzolardan tashkil topgan oilalarni kamsitishini taʼkidlaydilar. Geylar jamiyatining ichidagi bir jinsli nikoh harakatiga qarshilikni tashqaridagi qarshilik bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
OAV
Zamonaviy lesbianlar va geylar jamiyati Amerika bilan Gʻarbiy Yevropa ommaviy axborot vositalarida oʻsib borayotgan yaxlit bir tizimdir, bmurakkab oʻringa ega. Televideniye, filmlar yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida lesbianlar va geylar odatda notoʻgʻri tasvirlangan. LGBT hamjamiyati koʻpincha stereotiplar asosida tasvirlanadi. Masalan, geylar yorqin va jasur koʻrinishda gavdalantirilgan. Boshqa ozchilik guruhlari singari, bu karikaturalar ham ushbu marginal guruhni masxara qilishga qaratilgan.