Artis Leon Ivey Jr. (; 1-avgust, 1963 — 28-sentabr, 2022) Coolio () taxallusi bilan tanilgan amerikalik rapchidir. Avvaliga WC and the Maad Circle gangsta rap guruhi tarkibida ijro etgan Coolio 1990-yillar oʻrtalarida It Takes a Thief (1994), Gangstaʼs Paradise (1995) va My Soul (1997) yakkaxon albomlari bilan tanildi.
U 1995-yilda Grammy mukofoti olgan „Gangsta's Paradise“ hamda „Fantastic Voyage“ (1994), „1, 2, 3, 4 (Sumpin' New)“ (1996) va „C U When U Get There“ (1997) qoʻshiqlari orqali mashhurlikka erishdi.
1996-yildan Coolio mustaqil albomlar chiqardi, Nickelodeon seriali Kenan & Kel uchun „Aw, Here It Goes!“ ashulasini yozdi. U Cookin' with Coolio nomli web-serial va oshpazlik kitobi ham chiqargan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik erkak reperlar Turkum:Afroamerikalik erkak reperlar Turkum:Amerikalik erkak pop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar