Lin Yi ( Chinese , 1999-yil 11 yanvarda tugʻilgan) - xitoylik aktyor va model. U 2019-yilgi “Boshingizni yelkamga qo‘ying” romantik veb-dramasida suratga tushganidan so‘ng mashhurlikka erishdi, bu esa unga yanada mofaqiyat olip keldi.
2015–2018: Karyera boshlanishi 2015-yilda Lin ning faoliyating birinchi yili edi. u rejesor tomonidan kashf etilgan va Tangren Media Co. Ltd bilan shartnoma imzolangan. 2016-yilda yozgi ta’til paytida u xorijga professional raqs va ijrochilik bo‘yicha tayorlanish uchun borgan. 2017-yilda u "Salom, eski zamonlar" yoshlar koʻrik tanlovi dramasining kasting faoliyatida ishtirok etdi va bosh aktyor Lin Yang uchun tanlovdan oʻtdi, ammo oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
2019-yildan hozirgi kungacha: Mashhurlik choʻqisida bormoqda thumb| Lin Yi va Xing Fei 2019-yil 20-may kuni Bangkokdagi muxlislar uchrashuvida 2019-yilda Lin Chjao Tsyansyanning shu nomli romani asosidagi “Boshingizni yelkamga qo‘ying” romantik komediya veb-dramasidagi Gu Veyi roli bilan e’tibor va mashhurlikka erisha boshladi. Drama muvaffaqiyatli boʻldi va Xitoyda va xorijda ( Tailanda ) mashhur boʻldi. Lin oʻzining Gu Veyi obrazi uchun ijobiy baholarga ega boʻldi, bu uning mashhurligini oshirishga olib keldi. 2019-yil 20-may kuni Lin Yi va bosh yulduz Xing Fei Tailandning Bangkok shahrida katta muxlislar uchrashuvini o‘tkazdilar, u yerda minglab muxlislar yig‘ildi. Lin Harper's Bazaar Gonkong jurnalining may sonida paydo boʻldi.
2020-yil 1-oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 71 yilligiga bag‘ishlangan va ko‘plab san’atkorlar bilan birgalikda kuylangan “Mening Vatanim” qo‘shig‘i chiqdi.
Manbalar
Havolalar
Lin Yi on Sina Weibo (in Chinese)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar