Sevgingni menga ayt 2 — xonanda Lola tomonidan ijro etilgan shu nomli musiqaning davomi oʻlaroq musiqiy videoklip shaklida chiqarilgan singl tarona. Ashula matni mualliflari — Shahboz Bahodirov va Nodirbek Igamberdiev. Musiqa uchun ishlangan videoklip 2019-yilning 13-noyabr sanasida YouTube platformasiga joylangan. Ushbu videoklip keng jamoatchilik, xususan madaniyat vazirligi hamda ommaviy axborot vositalari muhokamasiga sabab boʻlgan.

Klip Ssenariysi Klipda qariyb 10 ming nafar xotin-qizlar turgan profilaktik ro‘yxat qoralab chiqilgan. Shuningdek, ijodiy faoliyatni tartibga soluvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ko‘rsatib berilgan. „Milliy mentalitet“, soqol muammosi, ijodni cheklashga urinish holatlari satirik ko‘rinishda tanqid ostiga olingan.

YouTubeda eʼlon qilinganidan koʻp vaqt o‘tmay O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova xonanda Lolani „atlasni masxaraboz kiyimi, maʼnaviyat so‘zini o‘yinchoq qilish“da, xonandaning o‘zini esa ommaviy axborot vositalarini klipning „mohiyati va mazmunini o‘zgartirib, o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaror qilganlik“da ayblab chiqqan.

Masʼul tashkilotlar reaksiyasi Musiqa uchun suratga olingan videoklip keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan. Videoklipga Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev hamda „O‘zbekkonsert“ davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovlar oʻz munosabatlarini bildirib oʻtishgan:

Muallifning tashqi fikrlarga munosabati

Klipda ishtirok etganlar + Klipda rol ijro etganlar roʻxati Rol Ijrochi Rejissyor Lola Yoʻldosheva Operator Sarvar Sobirov Post-prodakshn Sarvar Sobirov Montaj Sarvar Sobirov Rassom Jamol Ravshanov Prodakshn-menejer Lola Igamberdiyeva Raqsda Kama & Camell Administrator Bexruz Kurbangaliyev Kasting Olesya Nedobegova Grimyor Renata Iskandarova Kengash aʼzosi Zilola Karimova Kengash aʼzosi Maʼmur Xolmedov Stilist Fevzi Yagyayev Stilist Diana Yakusheva Ijrochi Lola Yoʻldosheva Musiqa muallifi Shaxboz Bahodirov Matn muallifi Nodirbek Igamberdiyev Aranjirovka ustasi Sardor Sadikov

Manbalar

Havolalar „Sevgingni menga ayt 2“ klipi YouTubeda Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Lola qoʻshiqlari Turkum:2019-yil qoʻshiqlari